“Yosh innovatsiyachi” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

19.05.2018, 16:57

“Yosh innovatsiyachi” ko‘rik tanlovining Samarqand viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Avval xabar qilganimizdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, yosh avlodning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizdagi kasb-hunar kollej o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovining tuman (shahar) bosqichlari o‘z yakuniga yetib, viloyat bosqichlari boshlandi.

Mazkur ko‘rik-tanlovning Samarqand viloyat bosqichida tuman (shahar)dan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 48 nafar ishtirokchilar innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda  har yili yoshlar o‘rtasida qator tanlovlar  o‘tkazib kelinadi. Ammo qiziquvchan, intiluvchan, ixtirochi-ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi tanlovlar deyarli yo‘q edi. Shu sababli, ushbu tanlov yoshlar orasida tezda ommalashdi va unga qiziqish bildirganlar soni talaygina. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 189 nafar yoshlarning ishtirok etganligi fikrimizning dalildir.

Bugungi kunda mamlakatimizda tomorqa xo‘jaligini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuni inobatga olib, Bulung‘ur maishiy xizmat ko‘rsatish kolleji talabasi Nurmuhammad Fayzullayev texnika kira olmaydigan tomorqalar uchun loviya va makkajo‘hori ekishga mo‘ljallangan “Urug‘ ekish qurilmasi”ni yaratdi. Uning ushbu ixtirosi tanlov ishtirokchilarining e’tiborini jalb qila oldi.

- Ushbu qurilma, texnika kira olmaydigan tomorqalar uchun qo‘l keladi. Qurilmani qulayligi 70 sm kenglikda olingan jo‘yakka qator orasi 15 sm, urug‘ oralig‘i 8-9 sm masofada loviya va makkajo‘hori ekinlarini ekadi. Yoqilg‘i sarf qilinmaydi. Hozirda uni yanada mukammalllashtirish ustida ish olib boryapmiz, - deydi Nurmuhammad Fayzullayev.

Tanlovning yana bir iqtidorli ishtirokchisi Bog‘ishamol Sanoat kolleji talabasi Furqat Ko‘liyev tomonidan ishlangan innovatsion avto yuvish shahobchasida suvni qayta ishlab foydalanish loyihasi yig‘ilganlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, Samarqand tayanch tibbiyot kolleji talabasi Maftunaxon Ikromova tomonidan ishlangan “innovatsion qo‘g‘irchoq” loyihasi ham hakamlar tomonidan yuqori baholandi.

- Bu kabi tanlovlarning tashkil etilishi, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bir qatorda, yosh innovatsiyachilarni yangi-yangi g‘oyalar, kashfiyotlar va ixtirolar sari undaydi, - deydi Maftunaxon Ikromova.

Tanlov  yakuniga ko‘ra, “Innovatsion qo‘g‘irchoq” loyihasi muallifi M.Ikromova birinchi o‘ringa, “Urug‘ ekish qurilmasi” loyihasi muallifi Nurmuhammad Fayzullayev ikkinchi o‘ringa, “Osma yo‘lovchi tashish transpot vositasi” loyihasi muallifi Damirxon Qosimov uchinchi o‘ringa munosib deb topilib, respublika bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek “Eng yosh innovatsion g‘oya muallifi”, “Eng samarali innovatsion loyiha muallifi”, “Kichik biznes uchun eng istiqbolli innovatsion loyiha muallifi”, “Eng yaxshi innovatsion ishlanma muallifi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1735
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Baxtiyorov Mirzo2019-06-28 18:11:19

Samarqand tayanch tibbiyot kolleji har doim birinchi örinda bölgan öquvchilari juda iqridorli


М.Умаров O‘zLiDeP Навоий вилоят Кармана туман аппарат раҳбари2018-05-21 19:54:50

Ёшларимизга ўз иқтидорларини кўрсатиш вақти келди.Республика миқёсида баҳс бунданда қизғин бўлади


Набижон Артиков Каттақўрғон шахар Кенгаш аппарат рахбари 2018-05-21 17:14:44

Самарқанд таянч тиббиёт коллежи талабаси Мафтунахон Икромова томонидан ишланган “инновацион қўғирчоқ” лойиҳаси ҳакамлар томонидан юқори баҳоланди. Бу талабага Республика босқичида хам олий ўрин олиши тилакдошиман


Жиззах вилояти Х.Асатов2018-05-21 16:37:20

Ушбу кўрик танлов орқали ўсиб келаётган ёш инновациячилар партиямиз томонидан қўллаб-қувватланишмоқда шу орқали ёшларнинг ўзига ишончи янада ошишига эришилмоқда. Ажойиб лойиҳа. Ёшларимизга омад тилайман.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-05-21 16:11:26

Танлов ғолибларига омад тилаймиз.


Элибоев Идрис. нуробод туманидан. Танлов иштирокчиси2018-05-21 15:29:51

Мазкур кўрик танловда ўзим бевосита иштирокчи сифатида қатнашдим ва тенқурларимнинг ажойиб ишланмалари мени ҳайратга солди. Ўзим ишлаган инженерлик лойиҳам билан қатнашиб ҳакамлар ва иштирокчилар қизиқишига сабабчи бўлдим деб уйлайман. Якуний натижалар бўйича танлов шартлари қанчалик тўғри баҳоланганига Ҳакамлар ҳайъати маъсул. Республика босқичи иштирокчиларига омад.


Хаджибаева Маъмура Учтепа туман Кегаши ижрочи котиби2018-05-21 15:21:42

"Ёш иновациячи" кўрик танлови тадбиркор,хар томонлама ҳаракатчан ёшларни излаб топиш ва уларнинг меҳнатларини муносиб бахолашга ўз хиссасини қўшмоқда. Танлов иштирокчиларига омадлар тилаб коламиз. Республика босқичига олға!!!


Жасур Рустамов (Навоий шаҳар бўлими ижрочи котиби)2018-05-21 15:06:20

"Ёш инновациячи" лойиҳаси иқтидорли ёшларни топиш ва уларнинг истъедодларини ривожлантиришга ёрдам бермоқда.


Қосимжон Шопўлатов Хатирчи тумани аппарат рахбари2018-05-21 14:56:30

"Ёш инновациячи” кўрик танловининг Самарқанд вилояти босқичи ўтказилишига ажойиб тайёргарлик кўрилибди Самарқандли Ўлугбек бобомизни шогирдларига омад тилаймиз финалда учрашгунча партиядошлар


Нимонов Равшан партия фаоли2018-05-21 14:46:18

Туман босқичида ғолиб булганларни вилоят босқичида иштироки учун омад ва зафарлар тилаб қоламан.


Fikringizni qoldiring

+