“Ishbilarmon ayol” tanlovining Nurobod tuman bosqichida 30 nafar tadbirkor ayollar qatnashdi (+video)

29.05.2018, 15:27

“Ishbilarmon ayol” tanlovining Nurobod tuman bosqichida 30 nafar tadbirkor ayollar qatnashdi (+video)

O‘zLiDeP Nurobod tuman kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Unda tumandagi fermerlik, kasanachilik, kashtachilik, gilam to‘qish, tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan 30 nafarga yaqin tadbirkor va ishbilarmon ayollar o‘z ijod namunalari va ishlab chiqargan mahsulotlari bilan qatnashdi.

Nurobodning Jom qishlog‘ida yashovchi Qunduz opa Xudoyorova 20 yildan buyon gilam to‘qish bilan shug‘ullanadi. U momolaridan o‘rgangan kasb sirlarini bugun qizlariga va nabiralariga o‘rgatmoqda.

–Gilam to‘qish bizning oilaviy an’anamizga kiradi. Gilamlarimiz tabiiyligi bilan ajralib turadi, – deydi Qunduz opa. – Bunda ipakni  o‘simliklardan  yong‘oq, anor, piyoz po‘stlog‘ini  qaynatib olingan ranglar bilan bo‘yaymiz. Shuningdek, tuya junidan to‘qilgan gilamlarimiz ham xaridorgir. Chunki, u inson salomatligi uchun ya’ni, oyoq va bel og‘rig‘ida yaxshi foyda beradi. Shu boisdan mahsulotlarimizga xorijlik mehmonlarning qiziqishi katta.

Shahzoda Hudoyorova tukuvchilikning quroqchilik turi, ya’ni qoldiq matolarni bir-biriga ulab, bejirim liboslar yaratish bilan shug‘ullanadi. U tomonidan tanlovga taqdim etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarda katta ta’surot qoldirdi.

– Mamlakatimizda yoshlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois tijorat bankidan imtiyozli kredit olib, faoliyatimni yana kengaytirmoqchiman, – deydi Shahzoda.

Tanlovda g‘olib va sovrindorlar partiya tuman kengashi tomonidan dimlom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O’zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1646
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov Kattaqurg'on tuman Kengashi apparat rahbari.2018-05-30 04:02:06

Mahalliy xom ashyodan xalqimiz uchun iste'mol tovarlari ishlab chiqarishni yulga quygan tadbirkor Opaning ishlari albatta tahsinga loyiq.Bu tajribani partiyamiz elektorati bo'lgan ishbilarmao va tadbirkorlar orasida keng targ'ibod qilishimiz zarur.


Расулов Сайфиддин. Самарқанд вилояти Нуробод тумани ЎзЛиДеП депутатлик гуруҳи ижрочи котиби2018-05-29 21:29:07

Мазкур танловнинг вилоят босқичида Нурободлик ишбилармон ва тадбиркор хотин-қизларимизга омад тилаб қоламиз. Жамики Ўзбекистон аёллари ўз тадбиркорлик йўналишларини тараққий эттиришида яратилаётган имкониятлардан мақсадли фойдаланса Республикамизда ҳам мулкдор аёлларимиз сафи кенгаяди.


Рахманова Дилрабо - O`zLiDeP Сурхондарё вилояти Кенгаши ходими2018-05-29 16:06:40

Мазкур лойиҳа доирасида барча фермерлик, касаначилик, каштачилик, гилам тўқиш, тикувчилик билан шуғулланаётган тадбиркор ва ишбилармон аёллар ўз ижод намуналари ва ишлаб чиқарган маҳсулотлари билан қатнашишга муяссар булиб, узларининг махсулотлар кургазмасини намойиш этишга эришиб, ўз фаолиятини таргиб этишга кенг имкониятлар яратилиб келинмоқда


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-29 15:40:05

“Ишбилармон аёл” кўрик-танловининг ўтказилиши бу жамиятимизда хотин-қизларга берилаётган юксак эътибор


Fikringizni qoldiring

+