O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan “Rovot” ko‘chasining 1 kmga yaqin yo‘llariga shag‘al yotqizildi

29.05.2018, 15:48

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan  “Rovot” ko‘chasining 1 kmga yaqin yo‘llariga shag‘al yotqizildi

Oliy Majlis Senati a’zosi Solijon Mo‘minov va Qonunchilik palatasi deputati Nargiz Xalilova xalq bilan muloqot qilish, odamlarning ichiga kirish, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish, inson manfaatlarini ta’minlash maqsadida Norin tumanidagi “Rovot”, “Polvonko‘l”, “Xo‘jaobod”, “S.Raximov”, “Boyovul”, “Norinkapa” va “Soybo‘yi” mahallalari aholisi bilan uchrashdi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan 20dan ortiq muammo va takliflar bildirildi. Xususan, ko‘chalarni shag‘allashtirish, suyultirilgan gaz, toza ichimlik suvi, elektr ta’minotini yanada yaxshilash, ayollarni ish bilan ta’minlash, kredit masalasi hamda MTM qurish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar o‘rtaga tashlandi.

–Mahallaga ko‘chib kelganimizga 25 yil bo‘ldi, – deydi “Rovot” MFYda istiqomat qilayotgan Saydullo Adashev. – Shu vaqtga qadar biror marotaba ko‘chamizga e’tibor berilmagan. Yo‘llarimiz juda ham ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Qish mavsumida bolalarimiz maktabga borib-kelishga qiynaladi. Shu masalada xalqning ishonchli vakili Solijon Mo‘minovga murojaat qilgan edik, mana, ularning tashabbusi bilan ko‘chamizning 1 kmga yaqin yo‘llariga shag‘al yotqizildi.

Ta’kidlash kerak, uchrashuvlar davomida Qonunchilik palatasi deputati Nargiz Xalilova shu hududda yashovchi Nasiba Ahmedova va Urayimjon Sotvoldiyevlarga nogironlik aravachasi hamda 25 dan ortiq xonadonlarga  suyultirigan gaz ballonlari ajratilishiga ko‘maklashdi.

Rustamjon XAKIMOV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2086
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Абдуллаев Дилшодбек-O’zLiDeP Андижон вилоят Кенгаши“Бизнес тузилмалари ва фермерлар билан ишлаш бўлими” мудири2018-05-30 11:25:55

Инсонларни рози қилишдай эзгу ишлар янада кўпаяверсин. Шундай улуғ кунларда инсонларни рози қилиш энг муқаддас вазифадир.Бундай депутатларимиз борлиги партиямизни номзод танлашда адашмаганлигини яна бир тасдиғидир.


Сурхондарё вилояти Кенгаши Депутатлик бирлашмалари билан ишлаш бўлими мудири М.Мамадалиев2018-05-29 18:48:13

Депутатларимиз масъулияти ва фаоллиги ошаверсин. Депутатларимиз томонидан мана шундай ҳалқ учун бажарган амалий ишлари кўпайсин.


Холмат Тўраев Жиззах вилояти2018-05-29 17:55:07

Депутатларимиз халқ муаммоларига ечим топмоқда


Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-05-29 16:10:14

Фидоий депутатларимиз халқ билан мулоқот қилишда, одамларнинг ичига кириб уларнинг дарду ташвишларини ўрганиб инсон манфаатларини таъминлашда хеч қачон чарчашмасин


Асилабону Султонова O‘zLiDeP Қашқадарё вилоят Кенгаши Мафкуравий тарғибот-ташвиқот ишлари бўлими мудири 2018-05-29 16:07:56

Депутатларимизнинг ахоли орасига кириб уларни муаммоларини ўрганиб, ушбу муаммоларни ечилишида амалий ёрдам бераётганликлари ўзининг самарали натижасини бермоқда.


Fikringizni qoldiring

+