Tayanch nuqta yetakchilarining malakasi oshirildi

21.06.2018, 18:06

Tayanch nuqta yetakchilarining malakasi oshirildi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi huzuridagi Siyosiy ta’lim markazi tomonidan xalq deputatlari shahar kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda boshlang‘ich partiya tashkiloti raislari malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.  

Seminarda deputatlarga muammoli masalalarni deputatlik guruhlarida ko‘rib chiqish tartibi, doimiy komissiyalar va mahalliy kengash sessiyalariga masala kiritish mexanizmi, BPTda hisobot-saylov yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, deputatlik so‘rovlari jo‘natish hamda  deputatlar faoliyatini OAVda keng yoritish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

–Partiya faollari va deputatlar bilan muloqotlarimiz har doim ham jonli, tortishuvlarga boy tarzda o‘tgan. Bugungi o‘quv jarayonida olingan bilim va tavsiyalar esa bu munozaralarning yanada jonlanishiga sabab bo‘ldi, – deydi “WELLNOR TRADE” MChJ qoshida faoliyat yuritayotgan BPT raisi Umida Xasanova. –O‘quv seminarda tadbirkorlar faoliyatini  yanada rivojlantirishda deputatlar ko‘magi kerakligi, deputatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab oldik. Aytish joiz, seminar davomida olgan bilimlarimiz kelgusi ish faoliyatimizda juda asqotadi.

Seminarda ishtirokchilarning kelgusida o‘z faoliyatini yanada samarali olib borishlariga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklar mavjudligi o‘rganildi, galdagi vazifalar belgilab olinib, aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.    

Xolmat TO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1420
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холбек Асатов Жиззах вилояти2018-06-26 18:38:38

Бу каби ўқув семинарларини доимий ташкил этишимиз лозим


Жиззах вилояти Зарбдор туман Кенгаши ижрочи котиби Шохрух Ўразбоев2018-06-26 09:04:57

Таянч нуқта вакилларининг янада самарали иш фаолият юритишида шундай ўқув семинарларининг ташкил этилиши хозирги давр талаби десак адашмаган бўламиз. Партиянинг асосий бўғини бўлган бошланғич партия ташкилатлари раисларининг малакасини ошириш мақсадида ташкил этилаётган ўқув семинарлари тез-тез ташкиллаштирилса айни муддао бўлар еди.


Fikringizni qoldiring

+