Tomorqadan unumli foydalanish oilalar faravonligini oshiradi

26.09.2017, 18:34

Tomorqadan unumli foydalanish oilalar faravonligini oshiradi

Andijon tumani, Xarabek mahallasi Uzunko‘cha ko‘chasida yashovchi Mingoyim ona Qurbonova 4 sotixdan iborat tomorqasida issiqxona tashkil qilgan. 2 sotix yerda limonariya, qolgan 2 sotix maydonda esa mandarin parvarish qilyapti. Yaqinda O‘zLiDeP deputatlik guruhi vakillari va boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari Mingoyim ayaning uyida bo‘lishdi. Onaxon bilan suhbat davomida issiqxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy o‘g‘itlarni olish bo‘yicha muammolar borligi aniqlandi. Partiyamizdan xalq deputatlari Andijon tuman kengashiga saylangan deputatlar mazkur murojaatni nazoratga olishdi.

– Shaxsiy tomorqamning 2 sotix yerida limonariya tashkil qilganman, – deydi mahallaning Sharq yulduzi ko‘chasida istiqomat qiluvchi Doniyorbek Rahimov. – Ushbu issiqxonadan yiliga o‘rtacha sakkiz million so‘m daromad olyapman. Ayni paytda faoliyatimizni kengaytirish maqsadida tomorqamning qolgan 4 sotix yerida ham limonariya tashkil qilmoqchiman.

Odiljon Ashurov ham o‘z tomorqasidan samarali foydalanayotganlardan biri. 2 sotix yerga issiqxona tashkil etgan. Unda oliy navli gul va uzum parvarish qilinmoqda.

 – Agar har bir oila o‘z tomorqa xo‘jaligidan unumli foy­dalansa, yurtimiz bo‘yicha kam ta’minlangan oilaning o‘zi qolmaydi, –  deydi O. Ashurov. – O‘zimdan qiyos. Har yili tomorqamdan ikki milliondan ortiq daromad olaman. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham o‘zimizdan chiqadi. Shu bois kelgusi yildan boshlab issiqxonamni yanada kengaytirishni niyat qilyapman.

Yuqorida bir mahallada 3 nafar o‘z tomorqasidan oqilona foydalanayotgan yurtdoshlarimiz haqida gapirdik. Ularning fikr-mulohazalari, muammolari siz- bizga begona emas. Ayniqsa, O‘zLiDeP deputatlari va partiya faollari deyarli har kuni shunday insonlar bilan suhbatlashishadi. Ularning dard-u tashvishlari, muammolari bilan shug‘ullanishadi. Bunda boshlang‘ich partiya tashkilotlari tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi muhim o‘rin tutayotir. Loyiha doirasida  tadbirkorlikka qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlar aniqlanib, ularga o‘z bizneslarini boshlashlari uchun zarur ko‘rsatmalar berilmoqda. Mazkur loyiha bugungacha mingga yaqin yurtdoshimizni tadbirkorlikka jalb etish, qo‘shimcha daromad topib, turmush faravonligini oshirishga xizmat qildi.   

Abrorbek XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari. 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2832
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари -аппарат раҳбари2019-03-04 09:03:53

Президентимиз томонидан Наманган вилояти учун қилинаётган эътиборлари барча вилоятлар учун ҳам қилинаётган эътибор деб ҳисоблаш зарур.Президентимиз белгилаб берган вазифаларнинг жойлардаги ижросини таъминлашда, биз партия ходимлари ва фаоллари ташаббускор бўлмоғимиз керак.


JALOL2018-12-22 12:45:06

Men xam shunday issiqxona barpo etish niyatim bor , qilaman desam sharyoit xam bor uyimizni yonida issiq suv tarmog'i bor yerimiz bor uncha katta bo'lmasada bor. Lekin menga bularning xammasini o'rgatadigan tushuncha beradigan inson kerak. Kimga yoki qayerga murojat qilishim kerak bo'ladi raxmat.


Fikringizni qoldiring

+