O‘zLiDeP: maqsadimiz xalq farovonligiga erishish

18.09.2017, 18:46

O‘zLiDeP: maqsadimiz xalq farovonligiga erishish

O‘zLiDePning “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Loyiha o‘zida tomorqaning tuganmas xazina ekanligi ifoda etibgina qolmay, aholiga undan foydalanish sirlarini, ekin turini to‘g‘ri tanlash bilan yer unumdorligini oshira olish qobiliyatlarini, asosiysi, tomorqa daromadini oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

Oltinko‘l tumanidagi Cho‘ntak mahallasi ahlining loyihadan kelib chiqqan holda boshlang‘ich partiya tashkilotlariga biriktirilishi xonadonlarning turmush farovonligi o‘sishiga, dasturxonlar to‘kinligiga zamin bo‘lmoqda.

Ayni paytda mahallada 595 xonadon bo‘lib, mahalla raisi Gulshanoy Mamadaliyeva hamda maslahatchi Zuvaydo Temirovalar hamisha mahalladoshlari quvonchu tashvishlariga sherik. Har bir xonadonda kamida 3-4 sotixdan tomorqalar mavjud. Ularda faqatgina bahor oylaridan boshlab tomorqaga ishlov beriladi, to yerga qor tushguncha tomorqadan hosil olinadi. Endilikda esa loyiha doirasida mahalla ahli tomorqalarida issiqxonalar barpo etilib, qishda ham daromad olish yo‘lga qo‘yilmoqda.

–Ochig‘i, yaqin vaqtga qadar hovlimdagi tomorqam bo‘sh turardi, – deydi M. Karimov ko‘chasi, 95-uyda yashovchi Abdunazar Umarov. – O‘zLiDePning ushbu loyihasi doirasida mutasaddilarning uyimizga kelib, undan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini berganliklari natijasida bugun rejalarim o‘zgargan. Ayni paytda tomorqadan unumli foydalanayotganlar safida ekanimdan, oilamga daromadni o‘z uyimda topayotganimdan xursandman.

–Sakkiz sotix tomorqam bor, – deydi M. Karimov ko‘chasidagi 16-xonadon sohibi Xoldorali Umarov. – Uning olti sotix yerida bodring, qolgan ikki sotix maydonda sarimsoqpiyoz va turli ko‘katlar yetishtiraman. Biroq keyingi paytda bodringdan olayotgan hosilim turli kasalliklar tufayli kamayayotgan edi. Partiyaning biz tomorqachilarga ko‘maklashishni maqsad qilgan loyihasi doirasida mahallamizda tashkil qilingan bugungi seminar ayni muddao bo‘ldi. Mutaxassislar, tajribali dehqonlar muammoim sababini aniqlashdi. Bodring hosilining unumdor bo‘lishi uchun zarur tavsiya, maslahatlar hamda yetarli kimyoviy o‘g‘itlar, dorilar bilan ta’minlashda ko‘mak berishdi.

Ha, bugun  ko‘pchilik tadbirkorlarimiz o‘zlarini qiynayotgan muammolariga partiya tomonidan tashkil etib kelinayotgan mazkur seminarlar davomida javob olmoqda. Ahamiyatli tomoni, loyiha yoshlarning ishsiz qolishlarining oldini olmoqda. Uning doirasida qilinayotgan xayrli chora-tadbirlar barcha tuman va shaharlarda davom etmoqda.

Abrorbek XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Олтибоев Ўрол,Сурхондарё. партиянинг Мафкуравий,ташвиқот-тарғибот ишлари бўйича бўлим мудири2019-04-11 16:45:09

Муҳтарам Юртбошимиз "Сурхондарё деганда, аввало, улуғ азиз-авлиёлар, алломаларга ватан бўлган, мард ва олижаноб, ориятли эл яшайдиган табаррук замин кўз ўнгимизда намоён бўлади",-дея алоҳида таъкидлади.Дарҳақиқат.Халқаро бахшичилик санъати фестивалининг Сурхон заминида ўтказилиши бежиз эмас.Зотан,бу заминда яшаб ижод қилган ва ушбу санъат турининг тамал тошини қўйган кўплаб бахшилар шу юрт фарзанди эканидан фахрлансак арзийди.Мен бир санъат ихлосманди сифатида шуни эътироф этмоқчиманки,бахшичилик санъати халқимизнинг маънавий ривожланишида муҳим аҳамиятга эгадир.Бу санъат замирида халқимизнинг ўзлиги,маданияти ўзининг ёрқин ифодасини топгани билан аҳамиятлидир.


Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2019-04-08 11:29:29

Бахшилик санъти нафақат халқ ўтмишининг акс-садоси, айни пайтда бугунги ва эртанги кунимизнинг ҳам жарангдор овозидир. Шу сабабли тенгсиз маънавий бойлигимиз бўлмиш халқ ижодинингбундай нодир намуналарини асраб-авайлаш ва ривожлантириш, уни келгуси авлодларга безавол етказиш, шу юртнинг ҳар фуқаросининг муқаддас бурчи бўлиб қолиши керак. Ҳурматли юртбошимиз таъкидлаганларидек бу ишда барчамиз маъсулиятни ҳис қилмасак, бу ноёб санъатни сақлаб қолиш учун бугун ҳаммамиз биргаликда ҳаракат қилмасак, келгуси авлод ва тарих бизни асло кечирмайди


Fikringizni qoldiring

+