BPT faollari aholi xonadonlarida

14.09.2017, 18:49

BPT faollari aholi xonadonlarida

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili Davlat das­turida bandlikni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kollej bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlikni qo‘l­lab-quvvatlash masalalari alohida belgilab qo‘yilgan. Partiyamiz dasturida ham bu borada bir qator vazifalar belgilangan. Demak, biz ularning ijrosini ta’minlashda yanada faol bo‘lishimiz zarur.

O‘zLiDeP Xonqa tuman Kengashidagi 82 nafar BPT a’zolari “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi doirasida tumandagi chekka-chekka qishloqlarda bo‘ldi, mahallalardagi shart-sharoitlar bilan tanishib, fuqarolar bilan muloqot qildi.

BPT faollari Xonqa tumani Gulg‘uncha mahallasida bo‘lib, aholi bilan ochiq, samimiy muloqot qilgan holda ularning qiziqishlarini o‘rgandi, tadbirkorlikni boshlash istagida yurgan fuqarolarga kerakli maslahatlar va zarur ko‘rsatmalar berdi.

–Loyiha doirasida  ko‘pgina xonadonlarda bo‘ldik, aholining turmush tarzi bilan yaqindan tanishib chiqdik, – deydi Xonqa tuman “Iste’molchilar huquqini himoya qilish jamiyati” BPT raisi Umrbek Qalandarov. – O‘z biznesini boshlash istagida yurgan oilalarga tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdik, kerakli maslahatlar berdik. Muloqotlar davomida ko‘pgina oilalar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga erishdi, ishsizlar esa ish bilan ta’minlandi.

–Anchadan buyon oilaviy tadbirkorlikni boshlashni niyat qilib yurgandik, – deydi Xonqa tumani Gulg‘uncha mahallasida yashovchi Murodbek Quryazov. –Tomorqam kattaligi sababli chorva tashkil qilishni maqsad qilgan edim. Lekin mablag‘ masalasi biroz kerak bo‘ladi. Shu boisdan muloqotda kredit masalasi bo‘yicha murojaat qildim. O‘zLiDeP Xonqa boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari mening so‘rovimni o‘rganib chiqib ijobiy hal etdilar. Oilamiz nomidan partiya jonkuyarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Uchrashuvlar davomida mahalladagi Imomaddin Abdiraimovga issiqxona tashkil etishga, Doniyor Sharipovga va Jalol Niyozaliyevlarga esa chorvachilik faoliyatini boshlashi uchun kredit olishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Eslatib o‘tamiz bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda.

                                                                                            Maftuna Ro‘zimatova,

O‘zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Носирова Шоира Кармана туман Кенгаши депутати2019-04-29 16:11:56

Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасидаги ушбу саъй-ҳаракатларнинг ўзиёқ икки халқ ва давлатнинг бир-бирига бўлган чексиз ҳурмати, яқинлиги гўзал, бетакрор юртимизнинг ҳартомонлама равнақ топишига имкон беради. Бу албатта, халқимизни фаровонлигига хизмат қилади.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2019-04-25 12:10:27

Кушни давлат билан дустлик ришталар мутахкамланиши бу биринчи уринда юртимиз тинчлигини таъминлайди ва албатта мамлакатимиз иктисодий ривожланиши юксалади


Алижон2019-04-19 15:13:24

Мамлакатимиз юксалишида кушни давлатлар билан дуслик алокаларини мустахкамлаш лозим. Куз тегмасин Ўзбекистон ва Қозоғистон дустлигига.


Тошонов Яздон Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари.2019-04-18 08:38:55

Ўзбекистон ва Қозоғистон муносабатлари янги босқичга кўтарилиши бу иккала давлатнинг иқтисодий ўсишига кенг йўлл очиб беради.


Fikringizni qoldiring

+