O‘zLiDeP deputatlari oqdaryolik tadbirkorga 180 million so‘m kredit olib berish uchun so‘rov jo‘natadi

13.07.2018, 17:05

O‘zLiDeP deputatlari oqdaryolik tadbirkorga  180 million so‘m kredit olib berish uchun so‘rov jo‘natadi

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi “Pluton-Oqdaryo” xususiy korxonasida “O‘rta sinf vakillarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etish hamda mulkdorlar erkinligini ta’minlash borasidagi dolzarb vazifalar” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Dastlab korxona rahbari Abdurashid Oblaqulov ishtirokchilarni korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayoni va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida so‘zlab berdi. 

–Korxonamizda aholi ehtiyojidan kelib chiqib, darvoza, chorpoya, arg‘imchoq, quyon va tovuq boqish uchun qafaslar tayyorlanadi, – deydi Abdurashid Oblaqulov. – Ayni chog‘da korxonamizda 17 nafar ishchi-xodim mehnat qilyapti. Lekin biz faoliyatimizni yanada kengaytirib, Tarnov qishlog‘ida korxonamiz filialini tashkil etmoqchimiz. Agar ushbu filialimiz ishga tushsa, yana 3 nafar yosh ish bilan ta’minlanadi.

Tadbirda tashkilotchilardan o‘z biznesini rivojlantirish uchun 180 million kredit olishda amaliy yordam so‘ragan tadbirkorning muammosi shu yerning o‘zida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish uchun yozib olindi. 

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1212
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши депутати Шарипов Бешбой2018-07-16 10:00:24

O‘zLiDeP депутатлари доимо ўз электоратларидан ташқари тадбиркорлик иш билармонлик қилишни ўз олдига мақсад қилган барча юртдошларимизга чин кўнгилдан ёрдам қилишни ўз бурчи деб билганлар.


Н.Атаназаров Косон туман Кенгашидаги O‘zLiDeP депутатлик гурухи рахбари2018-07-16 08:57:40

O‘zLiDeP депутатлари партиямизнинг асосий дастурий мақсадларидан ҳисобланган, ҳудудлардаги тадбиркорларни қўллаб-қувватлаши, тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланишлари учун яратилган кенг шароит ва имкониятларни улар орасида тарғиб қилиш, ўз бизнесини ривожлантириш учун имтиёзли кредит олишда амалий ёрдам беришлари шарт.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-07-13 23:23:26

Асосий электоратимиз бўлган тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш-партиямизнинг устувор вазифаларидан биридир. Бу борада депутатлик сўрови ваколатидан унумли фойдаланиш-партиямизнинг электорат олдидаги нуфузининг ошишига сабаб бўлади.


Fikringizni qoldiring

+