O‘zLiDeP sayyor qabulida transformator va elektr stolbalari o‘rnatish bo‘yicha qilingan murojaatlar nazoratga olindi

17.07.2018, 18:27

O‘zLiDeP sayyor qabulida transformator va  elektr stolbalari o‘rnatish bo‘yicha qilingan  murojaatlar nazoratga olindi

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi tomonidan “Yangiqo‘rg‘on” MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Unda partiya tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Bahriddin Yarmatov “Yangiqo‘rg‘on” MFYning 5 ta ko‘chasiga yangi transformator va elektr stolbalari o‘rnatish lozimligini aytib, muammoni hal etishda amaliy yordam  so‘rab murojaat qildi.

“Istiqlol” MFYdagi Oqtepa ko‘chasi, 49-uyda yashovchi Klara Hayitjonova  esa pensiyasi noto‘g‘ri hisoblanayotganligidan shikoyat qildi.

“3 guruh nogironiman, lekin tibbiy ekspertiza meni nogironlik ro‘yxatiga hisobga olmagan. Shu bilan birga menga berilayotgan nafaqa puli ham noto‘g‘ri hisoblangan. Ushbu muammoni hal etilishida amaliy yordam bersangiz”, deya mutasaddilardan ko‘mak so‘radi K.Hayitjonova.  

Shuningdek, sayyor qabulda “Yangiqo‘rg‘on” MFYda yashovchi Boburjon Bobobekov hududdagi 8 ta ko‘chani tutashtiruvchi uzunligi 1,5 km bo‘lgan markaziy ko‘cha asfalt qilinmay qolib ketganini aytib, masalani ijobiy hal etishda amaliy yordam so‘radi. 

Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Haydarov tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi chiqarilib, natijasi nazoratga oladigan bo‘ldi.

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+