Yangi qaror ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi

23.07.2018, 17:42

Yangi qaror ishsiz yoshlar va xotin-qizlar  bandligini ta’minlashga xizmat qiladi

“Chak” mahallasi  Kosonsoy tumanining chegaraoldi, chekka hududlaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur hudud boshqa mahallalarga nisbatan rivojlanishdan biroz ortda qolgan. Ammo mahalla ahli mehnatkash, g‘ayratli, tashabbuskor xalq.

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining qabul qilinishi kosonsoyliklar uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki qarorga muvofiq, endilikda qishloqlarda sartaroshxona, chevarxona, poyabzal ta’mirlash xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlar to‘lashdan ozod etiladi.

Ayniqsa, qishloq joylarda doimiy ish o‘rinlari tashkil etuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklarida garovsiz imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi tadbirkorlarni rag‘batlantirish bilan bir qatorda, olis hududlarda sanoat va ishlab chiqarishni rivojlantirishga keng imkoniyat yaratadi.

Qarorning yana bir muhim jihati shundaki, shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni rivojlantirishni maqsad qilganlarga ish haqining 500 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 3 yillik muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan mikrokreditlar ajratilishi belgilandi. Bu o‘z navbatida, odamlarni har bir qarich yerdan samarali foydalanishi uchun keng imkoniyat yaratadi. Boisi hududimizda bo‘sh turgan, qarovsiz yaylov yerlar juda ko‘p. Mazkur imtiyoz odamlarni bo‘sh yerlarda yong‘oq, bodom va pistazorlar tashkil etishga  rag‘batlantiradi.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu qaror aholini tadbirkorlikka jalb etish barobarida, qishloqlarda doimiy ish o‘rinlarini tashkil etib, ishga muhtoj yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Anvar TURAXODJAYEV,

Xalq deputatlari Namangan viloyat

 Kengashidagi partiya  deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2299
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-07-24 16:37:17

Тадбикорларимиз сафи қанчалик кўпайса ишсизлик сони шунчалик камаяда. Аҳоли бандлигини таъминлаш эса муҳим масалалардан бири ҳисобланади.


Чулиева Мархабо. Самарқанд вилоят Кенгаши2018-07-24 11:44:45

“Аҳоли бандлигини таъминлаш борасидаги ишларни такомиллаштириш ва самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарорининг қабул қилиниши уйда бўш ўтирган, иш билан банд бўлмаган аҳоли, айниқса ёшлар ва хотин-қизлар учун айни муддао бўлди. қишлоқларда сартарошхона, чевархона, пойабзал таъмирлаш хизматларини йўлга қўйган якка тартибдаги тадбиркорлар 2023 йил 1 июлгача барча турдаги солиқлар тўлашдан озод этилиши бу аҳолига кўрсатилаётган яна бир имконият, яна бир имтиёз ва рағбатдир. Мана шу Қарор орқали қанчадан қанча янги иш ўринлари пайдо бўлса, янгидан янги тадбиркорлик субъектлари ташкил этилиб аҳолига хизмат қилса ажабмас. Бу имкониятлари, яратилаётган шароитлар ва юртбошимиз томонидан бизга берилаётган ишончни оқлаш эса биздан фақатгина ҳаракат ва бу имкониятлардан унумли фойдалана олиш талаб этилади.


Шовот туман Кенгаши 2018-07-24 10:21:52

Шиддат билан ўзгариб бораётган замонимизда хар бир инсон учун хох у тадбиркор бўлсин хох ишчи, кенг имкониятлар эшиги очиқ. биздан унумли фойдалана билиш кутилмоқда халос.


Fikringizni qoldiring

+