O‘zLiDeP 20 nafar uyushmagan yoshlarning bandligiga ko‘maklashdi

24.07.2018, 18:02

O‘zLiDeP 20 nafar uyushmagan yoshlarning bandligiga ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturidan kelib chiqadigan O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” oldidagi ustuvor vazifalarga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda Dastur doirasida partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan yosh tadbirkorlarning faoliyati doimiy monitoring qilib borilayotgani, kredit olish, tadbirkorlarning mahsulotiga bozor topishda yaqindan ko‘mak berilayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Jizzax viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Kamolov yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini moliyalashtirish uchun investitsiya mablag‘larining jalb etilishi holati yuzasidan kengroq ma’lumotlar berdi.  

Shundan so‘ng, yosh tadbirkorlar tomonidan kredit olish, garov ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun joy ajratilishi masalalari bo‘yicha ko‘tarilgan muammolar eshitildi.

Tadbir davomida O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanidagi ishsiz yoshlardan 10 nafari “Jizzax Kenteks” ishlab chiqarish korxonasiga, yana 10 nafari esa “Roison Home White Goods” maishiy jihozlar ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylashtirildi.

Tadbir so‘nggida partiya a’zoligiga qabul qilingan 10 nafar yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomasi topshirildi.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1089
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жиззах вилояти Зафаробод туман Маданият бўлими БПТ раиси Я.Қўлдошев2018-07-26 12:31:56

Ушбу Давлат дастурини мазмун мохиятини ёшларга тарғибот қилишда O‘zLiDeP ходимлари юқори савияда учрашувлар ташкил қилишмоқда буалбатта қувонарли O‘zLiDePнинг хар бир йиғилишида қатнашаман улар томонидан берилган малумотларнинг хар бири асосли мен шу партия аъзоси бўлганимга ғурурландим. Бугун туманимиз мусиқа мактабида хам худди шу мавзуда йиғилиш бўлди ёшларга керакли маълумотлар берилди. O‘zLiDeP шу каби йиғилишларни ўтказиб хчеам толмасин.


Бобожонова Р. Шовот туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-25 09:34:07

“Ёшлар қаноти” томонидан ёш тадбиркорларнинг фаолияти доимий мониторинг қилиб борилаётгани, кредит олиш, тадбиркорларнинг маҳсулотига бозор топишда яқиндан кўмак берилаётгани қувонврли холдир


Fikringizni qoldiring

+