Sirdaryolik yoshlarga “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi mazmun-mohiyati tushuntirildi
25.07.2018, 19:57

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadir o‘tkazdi.
Tadbirda partiya “Yoshlar qanoti” faollari, yosh tadbirkor va fermerlar, uyushmagan yoshlar, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilot va idora vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zLiDeP viloyat Kengashining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov yoshlarga ushbu hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirar ekan, unda belgilangan ustuvor vazifalarga alohida tuxtalib o‘tdi.
–Mazkur hujjat aniq maqsad va vazifalarga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga ega, – deydi Sh.Zayniddinov. – Nega desangiz, ushbu Farmon bilan tanishganimdayoq, unda belgilangan vazifalar partiyamiz maqsadlari bilan hamohangligini tushunib yetdim. Chunki partiyamizning maqsad va vazifalari ham halqimizni tadbirkorlikka o‘rgatish, yo‘naltirish va shu orqali ular bandligini ta’minlashdan iboratdir.
Tadbir yakunida ishtirokchilar viloyatdagi “WELLFORD” MChJda bo‘lib, korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulotning tayyorlanish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Elyor JO‘RAYEV,
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi
etakchi mutaxassisi
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasininig milliy, mintaqaviy va global strategiyasiga bag‘ishlangan yoshlar anjumani o‘tkazildi
16.10.2020, 16:48
-
O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Respublika konferensiyasiga Toshkent shahridan delegatlar saylandi
13.10.2020, 17:45
-
Samarqandda O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilindi
12.10.2020, 16:31
-
O'zLiDeP "Yoshlar qanoti"ning Konferensiyasida munosib delegatlar saylandi
12.10.2020, 15:36
-
Shijoatli O‘zLiDeP faoli konferensiya delegatligidan nega chiqarildi?
08.10.2020, 18:12
Bildirilgan fikrlar
Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-07-26 08:27:44
Хурматли Президентимизнинг 2018 йил 27 июндаги “Yoshlar – kelajagimiz” Давлат дастури тўғрисида”ги Фармонини таргибот килишда янада фаоллашимиз зарур. Бу фармон ишсиз ешлар учун топилмас имкон эшигини очди шу бойс ешларимиз тугри тушинишга харакат килиб бу имкониятлардан фойдаланиши керак.