Deputat va BPT hamkorligi: bayram shukuhi davom etmoqda

30.08.2017, 19:30

Deputat va BPT hamkorligi: bayram shukuhi davom etmoqda

Buxoro tumanidagi “Marokko-Malerka” xususiy korxonasi va “Bek Zarafshon” fermer xo‘jaligida faoliyat olib borayotgan O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari xalq deputatlari Buxoro tuman Kengashi deputatlari hamda bir guruh tadbirkorlar bilan hamkorlikda tumandagi Rabotiqalmoq qishloq fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan 200 kishiga bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram dasturxoni yozilib, milliy taomlarimiz tortildi.

Tadbirda Mustaqilligimiz – faxrimiz, iftixorimiz, buyuk kelajak sari intilishimizning asosi ekanligi, uni asrab avaylash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi alohida ta’kidlandi.

Tumanning iste’dodli yoshlari bayram dasturi bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘taringki kayfiyat ulashdilar. Tadbirda hududda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.                  

                                               O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1411
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+