Pastdarg‘omda 30 mingdan ortiq yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqish bildirgan

28.07.2018, 16:51

Pastdarg‘omda 30 mingdan ortiq yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqish bildirgan

O‘zLiDeP Samarqand viloyat hamda Pastdarg‘om tuman Kengashi tashabbusi bilan tuman istirohat bog‘ida Prezidentimizning 2018 yil 27 iyunda qabul qilingan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda partiya viloyat va tuman Kengashi mas’ul xodimlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi vakillari, Pastdarg‘om tuman hokimlik vakillari, TIF Milliy bank Samarqand viloyat bo‘limi mas’ul xodimlari, partiya tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan “Yoshlar qanoti” faollari, yosh tadbirkor va fermerlar hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Pastdarg‘om tuman hokimining o‘rinbosari Amir Muhitdinov so‘zga chiqib, yoshlarga ushbu hujjatning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berar ekan, unda belgilangan ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

- Ushbu Dastur mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan ulkan imkoniyatning yorqin namunasidir. Mazkur Farmonda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishda asosiy yo‘nalishlari aniq-tiniq qilib belgilab berilgan, - dedi A.Muhiddinov.

Ma’lumotlarga qaraganda tumanda 14 - 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 105 ming nafardan ortiqroqdir. Dastur doirasida ular xatlovdan o‘tkazilmoqda. Xozirgacha xatlovdan o‘tkazilganlarning 30 ming nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan.

- Mamlakatimizda  yoshlar uchun barcha sohada katta imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Yurtimizda turli yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari faoliyat boshlamoqda. Ayniqsa, “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining qabul qilinishi  mamlakatimizda bizga berilayotgan yuksak e’tiborning namunasi deb bilaman. Men hozirda oliy o‘quv yurt talabasiman. Imkoniyatdan foydalanib, o‘z biznesimni yo‘lga ko‘ymoqchiman, - dedi tadbir ishtirokchisi O‘lmas Akbarov.

Ishtirokchilar tadbir doirasida dasturining ijrosini ta’minlash borasida ish boshlagan shtab faoliyat bilan yaqindan tanishishdi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1581
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Шовот туман Кенгаши 2018-07-30 10:08:16

Дастур доирасида амалга оширилаётган ишлар ўз самарасини беришига ишонамиз.


Q.Eshqorayeva-Navoiy viloyati Uchquduq tuman ijrochi kotib2018-07-29 23:27:04

Yoshlarda bugun juda ko'p tashabbuslar va takliflar bor. Ularni faqat ozgina qo'llab quvvatlasak natijasi ojobiy bo'lishi aniq.


Сарвиноз Холматова Қизилтепа тумани ижрочи котиби2018-07-28 17:09:38

Мазкур Дастур мамлакатимизда ёшларга берилаётган улкан имкониятларнинг эшигини очди десам янглишмаган бўламан. Ушбу Фармонда замонавий билим ва кўникмаларга эга, мамлакатимизнинг муносиб келажаги учун жавобгарликни ўз зиммасига ола биладиган баркамол, мақсадга интилувчан ва серғайрат, масулиятли ёшларни тарбиялаш мамлакатни барқарор ҳамда илдам ривожлантиришда асосий йўналишлари кўрсатилган дастурил амал қилиб белгилаб берилган. 14 ёшдан 30 ёшгача бўлган серғайрат ёшлар бўлган сизу бизга давлатимиз раҳбари улкан ишонч билдирдилар. Бу ишончни ошиғи билан оқлашимиз ҳамда бунга лойиқ бўлимиз лозим.


Fikringizni qoldiring

+