BPT tashabbusi bilan ko‘pqavatli turar-joylar ta’mirlandi

29.08.2017, 19:40

BPT tashabbusi bilan ko‘pqavatli turar-joylar ta’mirlandi

Ayni paytda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida 611 ta quyi bo‘g‘in faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular o‘z safiga 16516 nafar a’zoni birlashtirgan. Ularning 62 foizini bevosita yoshlar tashkil qiladi. Viloyatimizda istiqomat qilayotgan aholi, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, tashkilot, kichik biznes sub’ektlari, tadbirkorlar, fermerlar, elektorat a’zolari sonidan, maslakdoshlarimizning bilimi, tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz anchagina katta kuch ekani ayon bo‘ladi.

Har bir partiya a’zosi o‘z zimmasiga olgan mas’uliyatni chuqur anglab yetishi talab qilinadi. Tashabbuskorlik, g‘ayrat-shijoat, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘ulari har bir maslakdoshimizning kundalik harakatlari dasturini belgilab bersa, partiya g‘oya va maqsadlarini keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilish, elektorat manfaatlarini himoyalash, aholi bilan yaqindan muloqot olib borish, ularning quvonchi tashvishlari, muammolarini yaxshi bilish, ularga partiyaviy vositalar bilan yechim topishga intilsakgina, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishimiz mumkin.

Viloyatdagi yetakchi BPTlar faoliyati fikrimizning yaqqol isbotidir. Misol uchun, G‘allaorol tumanidagi “Marjonbuloq oltin boyitish koni”da tashkil etilgan boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyatini olib ko‘raylik. Tajribali partiyadoshimiz Muhabbat opa Saidaxmedova yetakchilik qilayotgan ushbu quyi bo‘g‘in 150 nafar maslakdoshlarimizni o‘z safiga birlashtirgan. Talab darajasida jihozlangan binoga ega bo‘lgan mazkur BPT tomonidan o‘tkazilayotgan har bir tadbirning, partiyaviy loyihalarning namunali darajada o‘tkazilayotganligi hudud aholisi o‘rtasida partiyamizning obro‘-e’tibori oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shu o‘rinda BPT raisining jonbozligini, sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

El-yurt tashvishini o‘z tashvishi deb bilgan Muhabbat opa hududdagi har qanday muammoni e’tibordan chetta qoldirmaslikka intiladi. BPT faollari taklifi hamda Muhabbat opaning tashabbusi bilan Marjonbuloq shahrini obodonlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida qilingan ko‘plab murojaatlar o‘zining ijobiy yechimini topdi. Jumladan, G‘allaorol tumani obodonlashtirish bo‘limi tomonidan Lalmikor shaharchasidan Marjonbuloq shahriga boriladigan “Marjon suvi” sihatgohi oldidan o‘tuvchi 0,53 km yo‘l asfaltlandi.

Shuningdek, G‘allaorol tumani pochta aloqa tarmog‘iga qarashli Marjonbuloq aloqa bo‘limi 2015 yil yopilgan edi. 2017 yil 1 iyuldan o‘z ish faoliyatini boshladi. Marjonbuloq shahridagi ko‘pqavatli 10 ta uy, 5 ta uylar oldidagi bolalar o‘yingohlari ta’mirlandi. Atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov tomonidan Marjonbuloq oltin konining ochilishi marosimida qo‘yilgan tamal toshi atrofida ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Quvonarlisi, bu xayrli tashabbuslarni mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlar ham qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Ular tomonidan mini futbol maydonchasi qurib bitkazilmoqda, tikuv sexi kengaytirilib, ko‘p tarmoqli korxonaga aylantirilmoqda. Bu esa yana qo‘shimcha 15 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga sabab bo‘ldi.

Janubiy kon boshqarmasi Marjonbuloq oltin konida yordamga muhtoj aholining kam ta’minlangan qatlami haq-xuquqlari himoyalanib, ijtimoiy-iqtisodiy axvolini yaxshilash borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Bular shunchaki oddiy raqamlar emas. Chekka hududda joylashgan BPT faollari, uning jonkuyar yetakchisi Muhabbat opa Saidaxmedova sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilgan ijobiy ishlarning zamirida insonlar manfaati yotibdi. Ayni paytda hududdagi yechimini kutayotgan dolzarb masalalar, jumladan Marjonbuloq shaharchasidagi ko‘p qavatli yana bir uy ta’miri, tibbiy hizmat ko‘rsatish sohasi ham BPTfaollari nazoratiga olingan.

Xolbek Asatov,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2916
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+