“GM Uzbekiston” AJning yosh ishchi-xodimlariga “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi targ‘ib qilindi

01.08.2018, 19:09

“GM Uzbekiston” AJning yosh ishchi-xodimlariga “Yoshlar – kelajagimiz” davlat Dasturi targ‘ib qilindi

O‘zLiDeP Hazorasp tuman Kengashi tomonidan “GM Uzbekiston” AJ qoshida faoliyat yuritayotgan BPTda Prezidentimizning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz”  davlat Dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.       

Tadbirda Dasturda belgilangan vazifalar barcha idora va tashkilotlar qatori O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashi aytib o‘tildi. Shundan kelib chiqib, partiyaning har bir faoli yoshlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga faol jalb qilishi hamda yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish lozimligi qayd etildi.

–Dasturda belgilangan vazifalar nafaqat “Yoshlar qanoti”ni balki partiyaning har bir a’zosini faol va tashabbuskor bo‘lishga chorlaydi, – deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari B.Ro‘zmetov. – Shu bois, tadbir davomida uyushmagan yoshlarni aniqlash, ularni qiziqishlarini o‘rganish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni yangi innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlashga alohida e’tibor qaratdik. Zotan, maqsadimiz faqat dastur mazmun-mohiyatini muhokama qilish emas, balki ijrosini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab olish.

Tadbirda shuningdek, korxona ishchi-xodimlari tomonidan oilaviy tadbirkorlik qilish istagini bildirgan, yangi tadbirkorlik faoliyatini boshlashga qiziqqan yoshlarning ro‘yhati shakllantirilib, ularga zarur tavsiya va  ko‘rsatmalar berildi.

U.MATKARIMOV,

“GM Uzbekiston” AJdagi

BPT raisi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    58
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Фурқат туман Кенгаши депутатлик гурухи ижрочи котиби З.Хаитова2018-08-08 14:17:04

“Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури тўғрисида”ги Фармон ёшларга катта имкониятлар беради.


Кадиров Жасурбек-O'zLiDeP Олмазор туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-03 18:23:33

“Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури тўғрисида”ги Фармон ёшларга катта имкониятлар эшигини очади.


Адамбаева Гулистон O'zLiDeP Хоразм вилояти Урганч туман Кенгаши аппарат рахбари2018-08-02 15:47:42

Президентимизнинг 2018 йил 27 июндаги “Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури тўғрисида”ги Фармони бўйича тадбирлар ўтказилиб келинмоқда албатта бу ёшларимизни жуда қизиқтириб қўйган, ёшларимиз ўз тадбиркорлигини бошлаш учун режалар ҳам тузиб қўйишган уларга Банклар томонидан энг кам фоизли кредит ажратилишини кутишмоқда. O'zLiDeP депутатлари ҳамда тадбиркорлари кўмагида албатта.


Мавжуда Рашидова-O'zLiDeP Бухоро вилоят кенгаши бўлим мудири2018-08-02 10:22:23

“Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури тўғрисида”ги Фармон ёшларга катта имкониятлар беради. Ёшларнинг иқтидорларини аниқлаш, уларнинг истиқболли ғоялари ва лойиҳаларини рўёбга чиқаришга кўмаклашиш, шу йўл билан ёшлар ўртасида тадбиркорликни кенг йўлга қўйиш лозим.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-08-02 08:22:48

Хурматли Президентимиз ташаббуси билан 2018 йил 27 июнда каъбул килинган “Yoshlar – kelajagimiz” давлат Дастури тўғрисида”ги Фармони тарғиботига бағишланган тадбирларда ешларимиз учун барча кулайликлари билан имтиезли кредитларнинг узок муддатларга берилиши, ешларимизни тадбиркорлика жалб килишга асос булаетганлиги барчамизни кувонтиради.


Fikringizni qoldiring

+