O‘zLiDeP faollari tayloqlik Dilshoda Mansurovaga o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashdi

08.08.2018, 12:47

O‘zLiDeP faollari tayloqlik  Dilshoda Mansurovaga  o‘z biznesini boshlashiga ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Samarqand viloyat va Tayloq tuman Kengashi, O‘zbekiston Fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari tuman Kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh a’zolari Tayloq tumani “Nurli yo‘l” MFYdagi “Baxshitepa” qishlog‘ida bo‘ldi.

Dastlab partiya faollari “Nurli yo‘l” MFY faoliyati bilan tanishib, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab oldi. Xonadonlar faoliyati bilan tanishish va o‘rganish uchun mahalla faollari jalb etildi. 

Shundan so‘ng, “Nurli yo‘l” MFY raisi Xosiyat Isrofilova va  mahalla uchastka noziri Abdug‘aniyev Yo‘ldosh hamrohligidagi ishchi guruh a’zolari S.Jabborova xonadonida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Sarvar opaning tibbiyot kollejini tamomlagan qizi Aziza Mardonova ishsiz ekanligi aniqlandi. Uning murojaati yuzasidan partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, yaqin kunlarda muammo hal etiladigan bo‘ldi.

Shu mahallada yashovchi Dilshoda Mansurovaning 4 nafar farzandi bor. Oila boshlig‘i esa chet elda. Muloqot davomida xonadon bekasi o‘z hovlisida issiqxona qurmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Ishchi guruh a’zolari unga o‘z biznesini boshlashi uchun O‘zbekiston Fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari Kengashi qoshida tashkil etilgan jamg‘armadan imtiyozli kredit berishini ma’lum qildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1253
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-08-08 22:33:48

Партиямиз раҳбарияти ва фаолларининг бевосита халқ ичига кириши, улар муаммолари билан яқиндан танишиб, муаммолар ечими бўйича амалга ошираётган ишлари партиямизнинг халқ ва электорат олдида нуфузи ва таъсирининг ошишига сабаб бўлади.


Fikringizni qoldiring

+