O‘zLiDeP deputati ishtixonlik Kamoliddin Pirnazarovga tadbirkorlik qilishi uchun 100 mln. so‘mlik kredit olishga ko‘maklashadi

09.08.2018, 19:28

O‘zLiDeP deputati ishtixonlik Kamoliddin Pirnazarovga tadbirkorlik qilishi uchun 100 mln. so‘mlik kredit olishga ko‘maklashadi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Samarqand viloyat va tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari faollari Ishtixon tumanidagi “Xumo” MFYga qarashli “Xina” qishlog‘i aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuvlarda “Har bir oila-tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yoshlarga va har bir oilaga imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘g‘risidagi eng muhim ma’lumotlar aniq va sodda tilda tushuntirib berildi va aholining muammolari o‘rganildi.

“Xumo” MFYga qarashli Xina qishlog‘ida yashovchi Mavlonov Shodmon bobo 10 sotixli tomorqasiga 200 ming tup tut ko‘chatini parvarishlamoqda. Shodmon bobo yer olgan holda ushbu ko‘chatlardan tutzor yaratib, pillachilikni rivojlantirmoqchi. Ushbu masalada ozgina yer kerakligini aytib o‘tdi. Bu masalani o‘rganib chiqishni partiya deputatlik guruhi a’zolari o‘z zimmasiga oldi.

Shuningdek, partiya faollari “Ahillar” ko‘chasida yashovchi Kamoliddin Pirnazarov xonadonida bo‘lishdi. U bilan suhbatda ma’lum bo‘ldiki, 100 ta tovuq yetishtirib, 10 million daromad ko‘rgan. Yosh bo‘lishiga qaramay bu borada zarur bilimlarga ega. Shu sababli, u o‘z faoliyatini kengaytirib, parrandachilik fermasini tashkil qilishi uchun 100 million so‘mlik kredit kerakligini aytib o‘tdi. Bu masalada banklarga qilgan murojaati besamar ketmoqda. Ushbu muammo bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishib olindi.

Amaliy uchrashuvlar davomida alohida faollik ko‘rsatgan, mahallada hurmatga ega va ishchi guruh faoliyatiga yaqindan yordam bergan 5 nafar mahalla faollari partiyaning targ‘ibot-tashviqot guruhi tarkibiga kiritildi.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1181
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:03:25

Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.


O’zLiDeP Миришкор туман Кенгаши раисининг ёшлар билан ишлаш бўйича ўринбосари Мавлонов Мухаммад Бекмуродович2018-08-10 16:30:50

Ҳар бир депутатлардан шундай шижоат ва жонбозлик кўрсатишларини сўраб қолган бўлардим


Мухаббат Яхшимуратова2018-08-10 12:39:11

Партиямиздан номзоди кўрсатилиб, сайланган ҳар бир маҳаллий кенгаш депутатларини “Ҳар бир оила-тадбиркор” ва “Yoshlar – kelajagimiz” дастурларини ўзлари сайланган сайлов округларида самарали олиб борилишларида ўз хиссаларини қўшишларида фаоллик кўрсатишларини кутиб қоламиз


Ҳожиматов Қудратжон Маҳаммаджонович Риштон туман Кенгаши2018-08-10 10:13:38

Ҳар бир оилани тадбиркор бўлишига қаратилган бу каби ислоҳотлар энг чекка хдудларда ҳам йирик корхоналарни ишга тушириш ва ана ўша худудлардаги ишсизликни ҳам бартараф этишга қаратилмоқда. Фидоий Депутатлар халқ орасига кириб уларнинг муаммолари ва режалари билан танишиб кўмаклашаётгани эса жойларда ахолининг турмуш тарзи янада яхши томонга ўзгариши учун қўйилаётган мақсадли қадамдир.


Усмонов Сардор2018-08-10 09:50:42

Deputatlarni yanada faol bo`lishga chaqiramiz


Рахманова Гульнара КР Тахтакупир туман Кенгаши 2018-08-10 08:53:08

“Ҳар бир оила-тадбиркор” ва “Yoshlar – kelajagimiz” дастурлари доирасида тадбиркорлик билан шуғулланмоқчи бўлган ёшларга тушинтириш ишлари мунтазаам равишда амалга оширилмокда. Бугинги кунда жойларда бу ишлар самарасини куришимиз мумкин . УзЛиДеП фаолларини хайрли ишларни амалга ошириб ердам курсатаетганлигидан хурсандмиз.


Мустафаев Бахтиёр ЎзЛиДеП аъзоси2018-08-10 08:45:00

Ҳурматли депутатларимиз фуқароларга ёрдам бериш учун астойдил киришар экан албатта натижа бўлади.


Fikringizni qoldiring

+