O‘zLiDeP faollari Norin aholisi bilan bevosita muloqotda bo‘ldi

12.08.2018, 12:54

O‘zLiDeP faollari Norin aholisi bilan bevosita muloqotda bo‘ldi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, Namangan viloyat va Norin tumani Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tumandagi “Qorateri” MFY aholisi bilan hududdagi muammo va takliflar yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqot davomida mahalla ahlidan aloqa tizimi, suyultirilgan gaz va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash borasida murojaatlar kelib tushdi.

Bundan tashqari, mahallada yashovchi Ixvoliddin Qurbonov va Hudoyberdi Xolmurodovlar  sog‘ligini tiklash borasida yordam so‘rab murojaat qilishdi. Bu masala ishchi guruh tomonidan joyida hal etilib, ularga viloyat shifoxonasida  davolanishlari uchun yo‘llanma olib berildi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu mahalla 2018 yil “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, hozirda mahalladagi 9 ta ko‘chada  925 ta xonadon mavjud. Shundan, 182 ta xonadonda dastur doirasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Biroq, o‘rganishlar davomida aniqlandiki, hududdagi  2 ta qabristonlarni obodonlashtirish belgilangan bo‘lsada, hozirgacha hech qanday ishlar boshlanmagan.

Shuningdek, uchrashuv davomida faollarimiz 60 ga yaqin xonadon vakillari bilan muloqotga kirishib,  “Har bir oila tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borishdi.

“Qorateri” MFY “Humo” ko‘chasida yashovchi Muhtorjon Parpiyev xonadonidagi 2 sotix yer maydonida farg‘onacha usulda uzum yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, mo‘l hosil olishga erishmoqda.

Partiya faollari M.Parpiyevning uzum yetishtirish borasidagi tajribasini hududda ommalashtirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha master klass tashkil etishni rejalashtirdi.

Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Yulduz YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1613
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Умурзоков Улуғбек ЎзЛиДеП Учқўрғон туман аппарат рахбари2018-08-13 18:24:37

Иш ўринлани яратиш ва хар бир хонадонларда исикхона ташкил этиш ва узумчиликни ривожлантириш энг макул таклиф.


Зульфия2018-08-12 13:29:31

Текст не понятен,ладно ошибок столько в каждом слове ,но о чем ни чего не поняла.Возьмите грамотного переводчика.


Fikringizni qoldiring

+