Boyovutlik 14 nafar yoshga 1 mlrd. 615 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi
28.11.2018, 17:16
O‘zLiDeP Boyovut tuman Kengashi “Yoshlar tadbirkorligi yo‘lida” mavzusida ochiq muloqot tashkil etdi.
Unda partiya tuman Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali, yosh fermer va tadbirkorlar hamda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari qatnashdi.
Tadbirda so‘z olgan, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi M.Dadayeva mamlakatimizda yoshlarning ezgu g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, tadbirkorlik borasidagi intilishlarini ro‘yobga chiqarish, bu borada ularga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Bu jarayonda O‘zLiDeP tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar yaxshi samara berayotgani qayd etildi.
– Hozirga qadar jamg‘armamiz tomonidan 14 nafar yoshga 1 mlrd. 615 mln. so‘m imtiyozli kredit ajratildi, – deydi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tuman filiali rahbari M.Orziqulova. – Xususan, Fazliddin Jumaboyevga eshik va romlarni ishlab chiqarish uchun 70 mln. so‘m, Jafarbek Habibullayevga ko‘p turdagi mayda mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 200 mln. so‘m, Ahmadiy Shaxobiddin Abduqodir o‘g‘liga naslli chorvachilikni rivojlantirish uchun 800 mln. so‘m miqdorda kreditlar ajratildi.
Muloqotda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida soha mutasaddilari tomonidan o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga biznes reja tuzish, korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kredit olish va soliq imtiyozlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Manzura DADAYEVA,
O‘zLiDeP Boyovut tuman
Kengashi apparat rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring