BPT: son emas, sifat muhim

31.07.2017, 20:35

BPT: son emas, sifat muhim

Joriy yil parlament palatalari, siyosiy partiyalar, O‘zbekiston ekologik harakati, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatining tahlili hamda istiqboldagi vazifalariga bag‘ishlangan videoselektorda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Quva tumanida faoliyat olib borayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotlarida davra suhbatlari tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor siyosiy partiyalar va ularning jamiyat ijtimoiy hayotida tutgan o‘rni va roli haqidagi tanqidiy va chuqur tahliliy fikrlari asosida boshlang‘ich partiya tashkilotlari oldidagi vazifalar, amaliy ishlar muhokamasiga qaratildi.

Ayni paytda O‘zLiDeP tuman Kengashida 31 ta boshlang‘ich tashkilot faoliyat olib bormoqda. Lekin ularning barchasini ham qoniqarli ish olib bormoqda, deb ayta olmaymiz. Muhokamalarda faoliyatimizga tanqidiy yondashgan holda partiya Harakat dasturi va Saylovoldi dasturlarining to‘la va samarali amalga oshirish, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida mustahkam o‘rin egallash uchun BPTning yangi g‘oya, tashabbus va takliflari, amaliy ishlar ko‘lamini oshirish, aholining keng qatlamlari, elektorat va uyushmagan yoshlar bilan faol ish olib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Davra suhbatlarida Prezidentimizning videoselektrda so‘zlagan ma’ruzasida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib,  BPTlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, tashkiliy-partiyaviy hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish, yuqori partiya organlari va deputatlik guruhi bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bir so‘z bilan aytganda, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 12 iyul kuni o‘tkazilgan tarixiy uchrashuvdan kerakli xulosalarni chiqargan holda birinchi navbatda boshlang‘ich tashkilotlarimiz faoliyatini sifat jihatdan yaxshilash, aholi va elektorat orasiga chuqurroq kirib borish borasida zimmamizda mas’uliyatli vazifalar turganligini, buning uchun ikki hissa ko‘proq ishlashimiz zarurligini  anglab yetdik.

Partiya faollari tomonidan bildirilgan taklif va istaklar asosida bundan buyon barcha boshlang‘ich tashkilotlar va deputatlarimizni yanada ilg‘or bo‘lish, aholi manfaatlari yo‘lida izlanib ishlash orqali ko‘proq amaliy tadbirlar bilan shug‘ullanishga jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Xojiakbar Xojimatov,

“Qubbo print Nazirjon” MChJ

  boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi. 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+