O‘zLiDeP deputati paxtakorlik tadbirkorga “Non mahsulotlari” do‘koni ochishga ko‘maklashdi

12.09.2018, 17:33

O‘zLiDeP deputati paxtakorlik tadbirkorga  “Non mahsulotlari” do‘koni ochishga ko‘maklashdi

Partiya vakillaridan tuzilgan ishchi guruh a’zolarining navbatdagi manzili Paxtakor tumanidagi “Buyuk ipak yo‘li” QFY bo‘ldi.

O‘rganishlar davomida partiya faollari hududdagi 50 ta xonadonda bo‘lib, aholining turmush tarzi va yashash sharoitlari bilan qiziqdi. E’tiborlisi, aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning salmoqli qismi shu yerning o‘zida hal etildi. Imtiyozli kredit olib o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yigit-qizlarga yaqindan ko‘maklashildi.

Shu mahallada yashovchi Oysoat Norbekova “Obod qishloq” dasturi doirasida hududda zamonaviy non mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Biroq, imtiyozli kredit olishda qiynalayotgani bois, haligacha faoliyatini boshlagani yo‘q.

Ochiq muloqot chog‘ida tadbirkor dardini tinglagan ishchi guruh a’zolari, mazkur muammoni partiyaviy vositalar bilan hal qilishga kirishdi. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Inobat Tursunova tashabbusi bilan bank mutasaddilari chaqirtirilib, muammo joyida hal etildi.  

Ta’kidlash kerak, ishchi guruhning joylardagi o‘rganishlari davom etmoqda.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    597
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+