“Roison Home white Goods”ning 50 nafar xodimi O‘zLiDeP safiga qabul qilindi

12.09.2018, 17:48

“Roison Home white Goods”ning 50 nafar xodimi  O‘zLiDeP safiga qabul qilindi

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi faollaridan iborat ishchi guruh a’zolari  “Roison Home white Goods” qo‘shma korxonasida ochiq muloqot tashkil etdi.

Jizzax maxsus industrial zonasida o‘tgan vaqt davomida 19 ta zamonaviy korxona ishga tushirildi. Hozirgi kunda hududda avtomobil va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech kabi turli mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Ahamiyatlisi, korxona ishchi xizmatchilarining 60 foizdan ortig‘ini viloyatdagi kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar tashkil etmoqda. O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari ushbu korxona bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘ygan. Korxonada partiya boshlang‘ich tashkiloti ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Unga Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, korxona direktorining o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov yetakchilik qilmoqda.

Bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida ishchi guruh a’zolari korxona faoliyati, uning kelgusi istiqbolli rejalari, maslakdoshlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Muloqat davomida viloyatdagi kasb-hunar kollejlari bilan yaqindan amaliy hamkorlik o‘rnatish, yangi ishga qabul qilinadigan yoshlarni kasbga tayyorlash, ish unumdorligini oshirish, g‘ayratli, bilimli, fidoyi yoshlarni partiya safiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq muloqot yakunida korxonada mehnat qilayotgan 50 nafar yigit-qiz partiya safiga qabul qilindi.

Saida Umaraliyeva,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1141
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+