O‘zLiDeP ko‘magida mingbuloqlik 50 nafar yosh ishli bo‘ldi

21.09.2018, 15:06

O‘zLiDeP ko‘magida mingbuloqlik  50 nafar yosh ishli bo‘ldi

O‘zLiDeP Mingbuloq tuman Kengashi “Aholi, ayniqsa yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifalardan biridir” mavzuida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning huquqiy asoslari va amalga oshirish mexanizmlari, shuningdek, “Har bir oila – tadbirkor” hamda “Yoshlar kelajagimiz” davlat dasturlarining ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

–Tumanimizda yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlar mavjud, – deydi O‘zLiDeP Mingbuloq tuman Kengashi apparat rahbari Farxod Gayberdiyev. – Shu bois, hudud yoshlarining aksariyati o‘z biznesini boshlash harakatida yuribdi.  Joriy yilning o‘tgan davrida partiya ko‘magida 30 nafardan ortiq yoshlar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, o‘z faoliyatini boshlashdi. Natijada esa 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Tadbir so‘nggida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan  4 nafar yoshga zarur tavsiyalar, ko‘nikmalar berildi.

Yulduz YuLDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    968
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани ижрочи котиб2018-09-21 16:40:37

Мустақил Ўзбекистонимизнинг ёрқин келажаги кўп жиҳатдан юртимиз ёшларига боғлиқ эканлиги ҳаммамизга аён ҳақиқатлардан биридир. Шундай экан ёшларни маънавий комил инсон бўлиб камол топиши, уларни бандлигини таъминланиши, ҳар хил ёд ғоялардан ўзларини ҳимоя қила олиши энг муҳим мақсадларимиздан бириди. мингбулоқлик ёшларнинг иш билан таъминланишида партиямиз жонкуярларининг ҳиссалари борлиги ҳаммамизни қувонтиради албатта.


Fikringizni qoldiring

+