O‘zLiDeP “Khantex Group” MChJda BPT tuzdi

03.10.2018, 16:37

O‘zLiDeP “Khantex Group” MChJda BPT tuzdi

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Khantex Group” MChJ klaster usulida paxta hosili yetishtirib, dunyo andozalari darajasida mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Joriy yilning oktabr oyidan yigiruv fabrikasi ishga tushgan bo‘lsa, yil oxirida to‘quv, 2019 yilning birinchi choragida bo‘yoq, ikkinchi choragida esa tikuv fabrikalari ishga tushadi. Natijada kuniga 30 tonna paxta tolasi qayta ishlanib, shu kunning o‘zida tayyor mahsulotlarga aylantiriladi.  

Aytish joiz, hozirda ushbu majmua bilan yonma-yon yangi texnologiyalar asosida paxta zavodi ham qurilyapti. Qolaversa, 5 ta paxta qabul qilish punkti yuqori talab darajasida ta’mirlanib, jihozlanmoqda.

Darvoqe, mazkur korxona O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bilan doimiy hamkorlardan. Yangilikka, innovatsiyaga ishtiyoqmand yoshlar, partiya faollari ishtirokidagi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi bu yerda BPT tuzish uchun yetarli turtki bo‘ldi.

–“Khantex Group” qoshida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etilishi amaliyotga tatbiq qilinayotgan klaster usulini aynan mana shu tuzilma a’zolari orqali boshqa tadbirkorlik sub’ektlarida ommalashtirish imkonini beradi, – deydi partiya Andijon viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Odinaxon Turg‘unova. – Shu bois, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan hamkorlikda maxsus reja ishlab chiqib, shu asosda klaster usulini keng yoyishni rejalashtirganmiz.

Shuhratbek BOZOROV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi huzuridagi

Siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT STM
  • Ko'rildi
    1391
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

КАДИРЖАН КАЮМОВ 2019-06-20 17:28:16

Қўрғонтепа туманидаги “Khantex Group” МЧЖ кластер усулида пахта ҳосили етиштириб, дунё андозалари даражасида маҳсулотлар ишлаб чиқаришга ихтисослашган. УШБУ КЛАСТЕРЛАРНИ ТАШКИЛ ЭТИЛИШИ ПРЕЗИДЕНТИМНИНГ ТАЛАБИГА ЛАББАЙ ДЕБ СИДКИДИЛДАН ЖАВОБ БЕРИШ ДЕБ ХИСОБЛАЙМАН. ХАР БИР КЕКСА ОЛИМЛАР УШБУ КЛАСТЕРНИ РИВОЖЛАНИШИДА УЗ ХИССАСИНИ КУШСА ЯХШИ БУЛАР ЭДИ. УШБУ КЛАСТЕРНИ РИВОЖЛАНИШИДА УЗ ХИССАМИЗНИ КУШИШ МАКСАДИДА, Тошкент Давлат Аграр Университети АНДИЖОН ФИЛИАЛИ ОЛИМЛАРИ БИЛАН ХАМКОРЛИКДА “Khantex Group” МЧЖ кластерИГА САМАРАДОР ВА ХАВФСИЗ ФАОЛИЯТ СТРАТЕГИЯСИНИНГ ЙУЛ ХАРИТАСИНИ ТУЗИБ БЕРАМИЗ. ТУЗУВЧИ ТЕХНИКА ФАНЛАРИ НОМЗОДИ, ОЛИМ-ЭКСПЕРТ К КАЮМОВ ТЕЛ 99.9956371. ЭЛ ПОЧТА kayumov2019@umail.uz


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-10-04 08:23:48

Партиямизнинг куйи бугини яъни, жойлардаги янгидан тузилиб иш бошлаетган бошлангич партия ташкилотлари партиямизнинг максад ва вазифаларини янада таргиб килишда, тадбиркорлик сохасини амлйи куллаб кувватлашда ва шу соха буйича электоратимизнинг хукукий ва сиёсий билим даражасини оширишда катта куч саналади.


Қ.Эшқораева Навоий вилояти, Учқудуқ тумани2018-10-03 16:59:11

“Khantex Group” да БПТ тузилганлиги партиямизга аҳолининг эътибори тоборо ортаётганлигидан далолат беради. Қўрғонтепа туманида партия аъзолари сафи янада кўпайишига тилакдошман. Чарчаманг.


Fikringizni qoldiring

+