Xo‘jaobodlik maslakdoshlarimiz soni 15 nafarga ko‘paydi

31.10.2018, 17:20

Xo‘jaobodlik maslakdoshlarimiz  soni 15 nafarga ko‘paydi

O‘zLiDeP  Xo‘jaobod tuman Kengashi partiya tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan “Dilkushod Agro Lider” fermer xo‘jaligida “Birgalikda biz kuchmiz” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etdi.   

Tadbirda partiya tuman Kengashi oldidagi dolzarb vazifalar, elektoratimiz vakillari bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatidagi og‘riqli nuqtalar, muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z bordi.

–Bugungi tadbir sarhisob tadbiri bo‘ldi, – deydi O‘zLiDeP  Xo‘jaobod tuman Kengashi apparat rahbari Bahodir Saydolimov. – Sababi, hozirga qadar oldimizga qo‘yilgan vazifalar ijrosi qay darajada to‘liq ado etilgani hisobotlarda, amaliy natijalarimizda ko‘rindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarimiz esa keyingi faoliyatimiz uchun tajribaga aylandi. To‘g‘ri, partiya a’zolari soni, BPTlar faoliyati yuzasidan kamchiliklarimiz bor, ularni to‘g‘rilashga harakat qilyapmiz.

Tadbir davomida partiya tizimida samarali mehnat qilib, nafaqaga chiqqan safdoshlar e’zozlanib, bir guruh tadbirkor va tumanning mutasaddi idoralar rahbarlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

Tadbir yakunida O‘zLiDeP tuman Kengashi tomonidan bayram dasturxoni yozilib, faxriy safdoshlar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Muyassarxon UMURZAQOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT #uzlidep15
  • Ko'rildi
    948
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир туман Кенгаши ижрочи котиб 2018-11-01 10:40:27

Партиямиз катори кун кундан фидойи ва жонкуёр инсонлар билан тулишиб бораетганлиги бизни кувонтиради. Бу халкимизнинг дунё караши узгариб, сиёсий ва хукукий билим даражаси мутсахкамланиб бораетганлигидан дарак. Хамма софдошларимизга омадлар яр булишини тилаймиз


Fikringizni qoldiring

+