ATB “Qishloq qurilish bank” Namangan shahar filialidagi tarafdorlarimiz soni 35 nafarga ko‘paydi
29.11.2018, 17:31
O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi ATB “Qishloq qurilish bank” shahar filiali qoshidagi BPTda “Harakatlar strategiyasi faoliyatimizning asosiy mezonidir” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.
Tadbirda Harakatlar strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar hamda mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida partiya tomonidan joylarda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida so‘z bordi.
–Xalqimizning porloq kelajagini o‘zida mujassamlashtirgan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosida barchamiz mas’ulmiz, – deydi O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi apparat rahbari Sohiba Gapparova. – Bugungi tadbirda ham aholini, ayniqsa, ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunarmandchilikni rivojlantirishni maqsad qilganmiz.
Tadbir yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan 35 nafar xodim O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.
Erkin AHMEDHODJAYEV,
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi
BPT bilan ishlash guruh rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring