Buxoroning “Eng yaxshi yosh liberallar targ‘ibotchisi” aniqlandi

12.12.2018, 15:05

Buxoroning “Eng yaxshi yosh  liberallar targ‘ibotchisi” aniqlandi

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institituti Buxoro filialida  “O‘zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi doirasida “Eng yaxshi yosh liberallar targ‘ibotchisi” tanlovini o‘tkazdi.   

Tadbirda so‘z olganlar O‘zLiDeP tomonidan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularni turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.     

Shundan so‘ng, ishtirokchilar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Hakamlar hayatining xulosasiga ko‘ra, 1- o‘rin O‘zLiDeP a’zosi Ilhom Ziyatovga nasib etdi.

– Oliy o‘quv yurtiga kirgan ko‘nimdanoq, siyosiy partiyalar haqidagi bilim va ko‘nikmalarimni boyitishga alohida etibor qarataman, – deydi I.Ziyatov. – Asosiy maqsadim partiya ko‘magida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernitsaziya qilish va jadal rivojlantirishga hissa ko‘shishdan iborat.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Aziz HAKIMOV,

O‘zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash

 bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Umidjon2018-12-12 15:29:58

Juda ajoyib partiya va O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar ko'paytirish kerak .


Fikringizni qoldiring

+