O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” xotin-qizlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazdi

12.01.2019, 14:09

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” xotin-qizlar  o‘rtasida  musobaqa o‘tkazdi

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Muruvvat uyida mehnat qilayotgan 250 xodimning 200 nafardan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi. E’tiborlisi, muassasa qoshidagi BPT a’zolarining aksariyati ham ayollardan iborat.

Ularning ilg‘or tashabbuslari esa bu yerda o‘tkazilayotgan tadbirlarda namoyon bo‘lmoqda. Boisi, maskandagi xotin-qizlar O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning har bir loyihasida belgilangan bandlarga alohida mas’uliyat bilan yondashadi.

–Partiyaning “Sog‘lom oiladan – mustahkam oilaga” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir nafaqat muassasamizdagi xotin-qizlarni, balki hududdagi ayollarni ham qamrab oldi, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashining ayollar masalalari bo‘yicha  rais o‘rinbosari Xurshidaxon Xalilova. – Loyiha maqsadlarini o‘zida jamlagan ushbu sport tadbiri uzoq masofaga yugurish, voleybol musobaqalarini o‘zi ichiga oldi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar partiya viloyat Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Umida ISAYEVA,

 O‘zLiDeP Andijon

viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri  

  • Ko'rildi
    404
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+