BPT raisiga qayta ishonch bildirildi

05.04.2019, 17:30

BPT raisiga qayta ishonch bildirildi

O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘inning 2018 yildagi faoliyati sarhisob qilinib, 2019 yildagi ish rejasi tasdiqlab olindi.

–Partiyaning jamiyatdagi nufuzini oshirish ko‘p jihatdan faol va tashabbuskor yetakchilar salohiyatiga bog‘liq, – deydi O‘zLiDeP Olmazor tuman Kengashi apparat rahbari J.Kadirov. –Shu bois, joylarda bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida elektoratimiz manfaatlarini himoya qilishga, tayanch bo‘g‘in safiga yangi a’zolarni jalb qilishga qodir yetakchilarni saylashga alohida e’tibor qaratyapmiz.

Yig‘ilishda shuningdek, BPT a’zolari va partiya faollarining fikrlari-mulohazalari, takliflari ham eshitildi.

Yig‘ilish so‘ngida BPTning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topilib, quyi bo‘g‘in yetakchisi Zokirjon Maxmudovga qayta ishonch bildirildi.

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    721
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Закирова Н 2019-04-07 21:40:48

Олмазор тумани Кенгашининг ишига улкан зафарлар тилаймиз.


Х. Акбаров2019-04-06 21:12:14

O‘zLiDeP фаолларига омад.


Ismoilova Gavhar2019-04-06 01:20:04

Ishlaringizga omad va ulkan zafarlar tilaymiz.


А.Шермуратов2019-04-05 18:27:16

Маҳалла фуқаролар йиғинлари ва тадбиркорлик субъектларида аҳоли билан юзма-юз амалий мулоқотлар ташкил этиш ва муаммоларини ўрганишда қуйи бўғиннинг ҳиссаси катта.


Fikringizni qoldiring

+