Toyloqda oilaviy tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi

05.04.2019, 17:37

Toyloqda oilaviy tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tajribali tadbirkorlar ishtirokida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida aholini tadbirkorlikka jalb qilishga qaratilgan turli seminarlar, mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Toyloq tumanidagi "Eko Planeta" mas’uliyati cheklangan jamiyatida tashkil etilgan mahorat darsida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga oilaviy tadbirkorlikning sir-asrorlari o‘rgatildi.

Hozirgi kunda "Eko Planeta" mas’uliyati cheklangan jamiyati 50 nafar ishchi xodim bilan sifatli maxsus kiyim boshlar ishlab chiqarmoqda. Rossiya va Ukraina davlatlari bilan kelishuv imzolagan. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chet el qo‘shma korxonlari bilan hamkorlikda ish olib boryapti.

- Kelajakda korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish va qo‘shimcha 150 o‘rinli ishchi o‘rni yaratishni maqsad qilganmiz. Yaqinda O‘zbekiston yengil sanoat vazirligi tomonidan 100 mingga yaqin maktab o‘quvchilarining formalarini tikish uchun shartnoma imzoladik, - deydi korxona rahbari Sayyora Salimova. – Bugungi mahorat darsini o‘tkazishdan maqsad tumanimizdagi xotin-qizlarni o‘z oliaviy bizneslarini yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklashish, tajribali tikuvchilardan saboq olish, ularni moliyaviy manbalardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, o‘zaro tajriba almashishdan iborat. Seminar ishtirokchilari bizning korxonamizda bir oy davomida bepul tahsil olib o‘z mahoratlarini yanada oshirishadi.

 Bu kabi amaliy seminarlar hududlarda oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga, aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    925
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+