Besh nafar fuqaroga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashgan B. Qoraboyev quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi

09.04.2019, 17:40

Besh nafar fuqaroga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashgan B. Qoraboyev quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi

Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida faoliyat yuritayotgan partiya quyi bo‘g‘inining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda o‘tgan yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, joriy yilda quyi bo‘g‘in oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, BPT faoliyatini kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

– Quyi bo‘g‘in yetakchisi bo‘lish ham sharafli, ham mas’uliyatli vazifa, – deydi BPT raisi Bobur Qoraboyev. – Chunki partiya a’zolarini bir maqsad yo‘lida jipslashtirish, elektoratimiz vakillari manfaatini himoya qilishda BPT alohida o‘ringa ega. Qolaversa, hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishda ham quyi tuzilma jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Birgina o‘tgan 2018 yilda  quyi bo‘g‘inimiz sa’y-harakati bilan 5 nafar fuqaro o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, 4 nafar fuqaroga o‘ziga munosib ishga joylashishda yaqindan ko‘maklashdi.

Yig‘ilish yakunida BPTning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga Bobur Qoraboyev qayta saylandi.  

Erkin AHMEDHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    778
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+