Uch ming ish o‘rni yaratgan korxona qoshidagi BPT raisiga ishonch bildirildi

16.04.2019, 16:40

Uch ming ish o‘rni yaratgan korxona qoshidagi BPT raisiga ishonch bildirildi

Bugun O‘zLiDeP Romitan tuman Kengashi qoshida 2803  nafar a’zolar 61 boshlang‘ich partiya tashkilotiga birlashgan. “BCT Cluster” xorijiy korxonasida faoliyat olib borayotgan quyi bo‘g‘in – shulardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida mazkur korxona uchun 8 ming gektar yer ajratilgan. Natijada 3 mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanib, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Birgina 2018 yilda 20 ming tonnadan ziyod xomashyo yetishtirilib, uni qayta ishlash natijasida 61,5 million dollarlik daromad olgan.

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan korxona qoshida faoliyat yuritayotgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishida ayni jihatlar xususida so‘z yuritilib, quyi bo‘g‘in yetakchisining o‘tgan yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti tinlandi.

Boshlang‘ich partiya raisining aytishicha, korxona ishchi-xodimlarining aksariyati siyosiy jarayonlarga qiziqadi, partiya maqsad va vazifalaridan yaxshi xabardor. Shu boisdan keyingi paytda korxonada partiya tarafdorlari soni keskin ortib bormoqda.

Tumandagi “Decha” MFYda tashkil  etilgan  BPT raisi Zumrad Ochilova   ham tashabbuskor yetakchilardan. Yaqin atrofdagi Xosa, Chelong‘u, G‘azberon va boshqa qator mahallalar aholisi uni yaxshi biladi va hurmat qiladi. Negaki, u  hamisha   o‘z hamyurtlari  orasida, ularning g‘am-tashvishlari, quvonchlariga sherik.

Mazkur BPTda o‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida ham o‘tgan yilgi ishlar sarhisob qilinib, 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlab olindi.  

Yig‘ilishlar so‘ngida har ikkala quyi bo‘g‘inlar yetakchilari B.Murotova va Z.Ochilovalarga ishonch bildirilib, qayta BPT raisligiga saylandi.

Ta’kidlash kerak, tumanda shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida 19 ta quyi bo‘g‘in yetakchilari qayta saylanishdi. A’zolarni ortidan ergashtira olmagan, aholi muammolariga befarq qaragan yetakchilar o‘rniga yangi raislar saylandi.

O‘zLiDeP Buxoro viloyat

 Kengashi matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+