O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” eng olis hududlarda yashayotgan xotin-qizlarga seminar tashkil etdi
24.04.2019, 15:51
O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Xotin-qizlarning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda Prezidentimizning joriy yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining mazmun-mohiyati xotin-qizlarga tushuntirib o‘tildi.
Mazkur qaror bilan nodavlat notijorat tashkilot maqomiga ega bo‘lgan “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Maxsus o‘qitish dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlar orasidan tegishli tuman (shahar) Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga 6 oylik imtiyozli davr va yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kreditlar hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni kreditlash tartiblari asosida ajratiladi.
Tadbirda so‘z olganlar tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan eng chekka hududlarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga ham barcha imkoniyat va imtiyozlar berilayotgani, bu borada partiya “Ayollar qanoti” tajribali tadbirkorlarni jalb qilgan holda mahorat darslari tashkil etib kelayotganligini ta’kidlab o‘tishdi.
Seminar davomida bugungi islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli hamda ahamiyatini tubdan oshirish vazifasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganligini hisobga olgan holda xotin-qizlar faoliyatini yanada kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Ayniqsa, respublika aholisining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilishini hisobga olgan holda, tumanlardagi chekka qishloqlarda ham xotin-qizlar siyosiy faolligini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada ko‘paytirish dolzarb vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir yakunida bir guruh faol xotin-qizlar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O‘zLiDeP Samarqand
viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring