Konstitutsiya bayramida O‘zLiDeP faollari taqdirlandi

13.12.2017, 15:24

Konstitutsiya bayramida O‘zLiDeP faollari taqdirlandi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida “Konstitutsiya – baxtimiz timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etdi. Unda partiya faollari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlari, mutasaddi tashkilot vakillari, talaba yoshlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

– Konstitutsiyamiz xalqaro huquqning demokratik tamoyillariga to‘la mos keladi, – dedi tadbirda so‘z olgan O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari vazifasini bajaruvchi A.Qыlichov. – Unda xalqimizning tarixiy an’analari va milliy xususiyatlari ham o‘z ifodasini topgan. Bosh qomusimiz mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarni demokratlashtirish, jamiyat va davlatni modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlar, parlamentarizm va ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi va mustahkamlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashning qonuniy negizini yaratishga huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Tadbir davomida soha vakillari ishtirokchilarga Bosh qomusimizning bo‘lim va moddalarini sharhlab, ularning mazmun-mohiyatini kengroq tushuntirishga harakat qilishdi.          O‘zaro muloqot ruhida o‘tgan tadbirda partiyaning g‘oyaviy dasturlarini targ‘ib etishda faol ishtirok etib kelayotgan yoshlarga partiyaning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram Tanirbergenov

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

BPTlar bilan ishlash bo‘yicha konsultanti

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1425
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+