O‘zLiDeP deputati ko‘magida Lida Kimga uy ajratildi

13.12.2017, 15:56

O‘zLiDeP deputati ko‘magida Lida Kimga uy ajratildi

Bo‘z tuman tibbiyot kollejida “Deputat yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDeP Bo‘z tuman Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan hamda qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati tashkil qilingan tantanalardagi ma’ruzalaridan kelib chiqadigan ustuvor vazifa va topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlandi. Dastlab kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berildi. Tadbir Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Bahodir Qodirov bilan ochiq muloqotga ulanib ketdi.

– Bugungi uchrashuv deputat bilan aholining dildan suhbati bo‘ldi, – deydi ushbu tibbyot kolleji o‘qituvchisi Shoiraxon Ahmedova. – Yechimini topayotgan muammolarimiz o‘quv maskanimizda ham, yashash hududimizda ham bor. Ishonchli vakilimiz ayni kunga qadar ham ijtimoiy masalalarda ko‘magini ayamagan. Xususan, men ma’lum muddat avval deputatga farzandimning davolanishi uchun respublika kardiologiya markaziga yo‘llanma olishda yordam so‘rab murojaat qilgandim. Tez kunda uning ko‘magi bilan poytaxtda farzandimning yurak xastaligini davolatib qaytdik.

Shuningdek, ishtirokchilardan Lida Kim ham unga uyi hamda boquvchisi yo‘qligi sababli yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganilib, unga ishonchli vakil tashabbusi bilan tuman hokimligi tomonidan yashash joyi ajratildi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1218
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+