O‘zLiDeP yoshlarni Olmazor kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishtirdi

07.05.2019, 16:11

O‘zLiDeP yoshlarni Olmazor kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishtirdi

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi partiyaning Olmazor tuman Kengashi bilan hamkorlikda YoshlarkelajagimizDavlat dasturi doirasida “Yoshlar bandligini ta’minlash eng muhim vazifamiz” mavzusida amaliy muloqot o‘tkazdi.

Olmazor kichik sanoat zonasida tashkil etilgan muloqotda kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’eklari, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi Olmazor tumani filiali vakillari, kasb-hunar kolleji bitiruvchilari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.

 “Yoshlarimiz orasida istiqbolli g‘oyasi bo‘la turib, uni hayotga tatbiq etish uchun mablag‘ topa olmayotgan, moddiy imkoniyatga ega bo‘lsa-da, tadbirkorlikda ishni nimadan boshlashni bilmayotgan o‘g‘il-qizlarimiz ko‘p. Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish partiyamizning birlamchi vazifalaridan biri sanaladi. Bu jarayonda “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturi yoshlarga ko‘makdosh bo‘ladi. Shu bois, uchrashuvda yoshlarga Dastur mazmun-mohiyatini,  hujjatda ko‘zda tutilgan imkoniyatlarni batafsil tushuntirdik”, – deydi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Baxtiyor Sagatov.

Tadbirda ishtirokchilar, ayniqsa, uyushmagan yoshlar kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

 Sarvar IBROXIMXONOV,

 O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi Yoshlar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    95
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+