Samarqandda O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbati bahs-munozaraga boy tarzda davom etmoqda

14.12.2017, 13:39

Samarqandda O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbati bahs-munozaraga boy tarzda davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetlarning daromad qismini oshirish va subvensiyadan chiqarishning dolzarb masalalari” mavzuidagi davra suhbati bahs-munozaraga boy tarzda davom etmoqda.

Tumanlarni subvensiyadan chiqarish mavzusida amalga oshirilgan keng qamrovli o‘rganishlar natijasi ushbu yig‘ilishda soha mutaxasislari ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, qator mavzularda tahliliy chiqishlar amalga oshirilyapti.

Aytildiki, xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligi yetarli darajada emas, respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni ta’minlash borasida yetarli ishlar qilinayotgani yo‘q.

Bir qator tumanlarning subvensiyadan chiqishi sust ketmoqda. Joriy yilda viloyatning 9 ta tumani viloyat budjetidan 379,0 mlrd.so‘m miqdorida subvensiya olishi rejalashtirilgan. Shundan, jami xarajatdagi subvensiya ulushi Nurobod tumanida 12%, Tayloqda 34%, Narpayda 37%, Qushrabotda 50%, Bulung‘urda 51%, Kattaqo‘rg‘onda 54%, Paxtachida 55%, Payariqda 57% va Ishtixon tumanda 59%ni tashkil etadi.

Bu jarayonlarni tezlashtirish, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida xududlarda ishbilarmonlik muhitini, investitsiyalar jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash borasida bir qator ishlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

 

  • Ko'rildi
    1247
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+