BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

15.05.2019, 16:51

BPT raisi o‘z lavozimida qoldi

Bektemir tumani “QUYUV MEXANIKA ZAVODI” sho‘‘ba korxonasi qoshida faoliyat yuritayotgan partiya quyi bo‘g‘inining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda BPT bilan ishlashda ularning samaradorligini oshirish, a’zolarining sifat tarkibini yaxshilash, partiya elektorati uchun tegishli biznes muhitini yaratish, shuningdek, quyi bo‘g‘inning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, joriy yilda tayanch nuqta oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

–Tayanch nuqtalar fuqarolarning talab-ehtiyojlari va muammolaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. U aholi bilan partiya o‘rtasidagi ko‘prik, – deydi BPT raisi K.Rashidov. – Quyi bo‘g‘inlar qanchalik faol bo‘lsa, partiyamizga ishonch ham shunchalik kuchayadi. Shu bois, imkon qadar ko‘p vaqtimizni odamlar orasida o‘tkazishga, fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni deputatlik guruhlari bilan birgalikda hal etishga jiddiy e’tibor qaratamiz.

Shuningdek, yig‘ilishda hisobotdan tashqari kun tartibiga kiritilgan BPT raisi va uning o‘rinbosarini saylash, quyi partiya tashkilotining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish so‘ngida ishonchni oqlagan K.Rashidov BPT raisligiga qayta saylandi.

M.O‘RINOV

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+