Chodakdagi sayyor qabul muammolarga yechim topadi

18.12.2017, 16:16

Chodakdagi sayyor qabul muammolarga yechim topadi

O‘zLiDeP Namangan viloyat  Kengashi tashabbusi bilan Pop tumanidagi eng chekka, tog‘li hudud sanalgan Chodak qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ayrim muammolar haqida savollar bilan murojaat etdilar. Jumladan, Chodak qishlog‘i, Guliston MFY hududida istiqomat qiluvchi O.To‘rayev maxalladagi transformator nosozligi tufayli elektr energiyasi tez-tez uzilib qolishini, bundan mahalla ahli qiynalayotganligini, shuningdek, shu hududda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan “Damas” haydovchilari yo‘l kirani asossiz ravishda oshirib yuborganliklarini, do‘konlarda terminaldan foydalanmay, faqat naqd pulga savdo qilayotgan sotuvchilar borligi va bularni tartibga solish taklifini bildirdi.

Bu savollarga tuman davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Davlatov javob berarkan, “Damas” avtomashinalarida yo‘l kira haqlarini me’yorga keltirilishini, do‘konlarda xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida terminallardan foydalanishni ma’lum qildi.

Qishloq ahli vakillari yana ko‘mir ta’minoti, uning sifati, narxi  masalasida ham kamchiliklar borligini  ta’kidlashdi. Bu e’tirozlarga Pop ko‘mir ombori boshlg‘i A.Nurmatov munosabat bildirdi. U Guliston qishlog‘iga mavsumda 190 tonna ko‘mir ajratilgani, ehtiyoj va talabdan kelib chiqib barcha xonadonlar ko‘mir bilan ta’minlanishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, sayyor qabulda M.Sheraliyevaning hovlisi tepasidan olib o‘tilgan yuqori kuchlanishli elektr toki tarmog‘ini ko‘chirish haqidagi taklifi ham tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i M.Ismatullayev tomonidan nazoratga olindi va tez kunlarda muammo yechimini topadigan bo‘ldi.

Komiljon FAYZIYEV,

O‘zLiDeP  Namangan viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3089
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+