Paxtachilik tarmog‘imiz yanada rivojlanadi

18.12.2017, 18:15

Paxtachilik tarmog‘imiz yanada rivojlanadi

Yaqinda Prezidentimiz “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi  yana bir muhim qarorni imzoladi. Bundan fermer xo‘jalik rahbari hamda deputat sifatida juda quvondim. Ushbu qaror tumanimiz va  viloyatimiz fermerlarining ayrim muammolariga yechim topishda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’kidlashim kerakki, O‘zbekiston azaldan o‘zining oq oltini – paxtasi bilan jaxonga mashhur. Rivojlangan mamlakatlar o‘zbek paxtasini yetishtirish va qayta tayyorlashga juda katta qiziqish bildirishadi. Men ham 1994 yildan beri Yangibozor tumani “Xushnud” fermer xo‘jaligimda paxtachilik va bug‘doychilik bilan shug‘ullanaman. Dastlab oila a’zolarimiz bilan ish boshlagan bo‘lsak, hozirda safimiz 27 nafarga ko‘paydi. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimizda chorvachilik, pillachilik, uzumchilik, sabzavotchilikni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Yurtboshimizning baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha chiqargan qarorlari asosida yaqinda imtiyozli kredit oldik va baliqchilik tarmog‘ini ham ishga tushirish arafasidamiz.

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi bilan hamkorlikda biz, deputatlar ushbu qarorning mazmun-mohiyatini joylarda xalq bilan uchrashuvlar o‘tkazib targ‘ib qilib kelmoqdamiz.

              Saliya  MATYAQUBOVA,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1696
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+