Yangi marralar sari

20.12.2017, 12:47

Yangi marralar sari

Joriy yilda mamlakatimizda 8 million 377 ming tonna g‘alla, 2 million 930 tonnadan ziyod paxta, 12 ming 450 tonna pilla, 318 ming tonna  sholi, 23 million tonna meva-sabzavot, 13 million tonna go‘sht va sut maxsulotlari yetishtirilganligi  yurtimizda agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir. Ushbu yo‘nalishda viloyatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlar ham o‘z kutilgan natijasini berayotgani sir emas. Prezidentimizning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi bilan tanishar ekanman, qishloq xo‘jaligi sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham oz emasligini yana bir marta  his etdim. Yurtboshimiz o‘z ma’ruzasida bunga alohida e’tibor bergani, soha mutasaddilariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalarni  bergani bejiz emas. Davlatimiz raxbarining yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish, sug‘orish inshootlarini yangilash, yer resurslaridan samarali foydalanish, aholini sifatli go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan yetarlicha ta’minlash, meva–sabavot yetishtirishni yanada ko‘paytirish, uni sifatli tarzda aholiga yetkazish  va eksport qilish ishlarini yaxshilash, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, qishloq xo‘jaligi texnikasining yetarli darajada bo‘lishiga erishish, qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda ilm–fan  yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, fermer xo‘jaliklarida har qarich yerdan samarali foydalanish va daromad hajmini oshirish, paxta va g‘alla ekilayotgan past rentabelli maydonlarni yildan yilga qisqartirib, ularning o‘rniga intensiv bog‘lar, yong‘oqzor va tokzorlar barpo etish bo‘yicha belgilab bergan vazifalari agrar sohaning har bir xodimi va fidoyisi uchun asosiy dasturilamal bo‘lib hisoblanadi.

Fermer xo‘jaligimiz ekin maydonlari 76 gektardan iborat bo‘lib, 25 gektarda  bug‘doy, 35 gektarda paxta yetishtirilmoqda. Joriy yilda 170 tonna  g‘alla yetishtirishga, don hosildorligini gektariga 73 sentnerga yetkazishga muvaffaq bo‘ldik. Hosilning 77 tonnasi xo‘jalik a’zolari xonadonlariga tarqatildi. Birgina g‘alla yetishtirishning o‘zidan 150 million so‘m daromad olindi. Uning 60 million so‘mini sof foyda tashkil etadi. Hosildorlik 43 sentner  atrofida bo‘ldi.

Chorvachilikni rivojlantirish ham doimiy e’tiborimizda. Fermer xo‘jaligimizda mehnat qilayotganlarning aksariyati aynan shu yo‘nalishda faoliyat olib bormoqda. 40 boshdan iborat chorva mollarining 10 boshi  zotli sigirlardan iborat. Xo‘jaligimiz tasarrufidagi 1,5 gektarli intensiv bog‘dan ham unumli foydalanilmoqda.

Prezidentimizning  Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan  tantanali marosimdagi nutqidan ilhomlanib, mamlakatimiz agrar sohasini rivojlantirishga bundan keyin ham o‘z hissamizni ko‘shaveramiz.

                                                     Ibrohim TO‘QLIYEV,

Buxoro tumanidagi “O‘ktam Ibrohim To‘qli”

fermer xo‘jaligi raxbari,

xalq deputatlari tuman kengashi deputati,

 “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1401
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+