Innovatsion texnologiyalar uchun keng yo‘l

22.12.2017, 17:57

Innovatsion texnologiyalar uchun keng yo‘l

Prezidentimizning 2017 yil yakunlari va 2018 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoslektor yig‘ilishidagi Parlamentga Murojaatini biz deputatlar mamnuniyat bilan tingladik. Murojaatda 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil etildi. Yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniq va ro‘yi rost ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, parlament va mahalliy Kengashlarning faoliyati ham tanqidiy baholandi. Davlat idoralari rahbarlarining hisobotlari eshitilgani e’tirof etilgani holda bunda ham yuzakichilikka, bir yoqlamalikka yo‘l qo‘yilganligi  ko‘rsatib o‘tildi.  Bu hisobotlardan oddiy xalq, odamlar manfaatdor bo‘lishlari lozimligi ta’kidlandi. Shuning uchun yangi yilda parlament va deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, bunda izchillikka amal qilish, natijadorlikka erishish zarurligi vazifa qilib belgilandi. Jamotchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida har bir korxona, tashkilotda jamoatchilik kengashlari tuziladigan bo‘ldi.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan 2018 yilni “Yurtimizda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi. Bu bejiz emas albatta, Chunki Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, yangi ish o‘rinlari yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va chetga eksport qilish – bularning barchasi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ularga erkinlik yaratishga bog‘liq.

Yangi yilning bunday nomlanishi Tadbirkorlar va ishlbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demoratik partiyasiga, undan saylangan deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Biz kelayotgan yangi yilda avvalo, xalqimizga, elektoratimiz vakillari bo‘lgan tadbirkorlarga yanada yaqindan ko‘makdosh bo‘lib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilamiz, ayniqsa, innovatsion g‘oyalarni va texnologiyalarni olib keladigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sayfiddin XUSAINOV,

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi raisi o‘rinbosari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3939
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+