Oltinko‘lda kitobsevarlar saralandi

24.12.2017, 13:44

Oltinko‘lda kitobsevarlar saralandi

Oltinko‘l sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi Yoshlar qanoti guruhi tomonidan mazkur bellashuv tarzida tashkil etilgan tadbirda tumandagi 7 ta kollejning eng faol kitobxon o‘quvchilari jamoalar shaklida saralandilar. Bellashuvda avvaldan taqdim etilan ro‘yxatda belgilangan kitoblar doirasida savollar berildi.

-Kitob mutolaasi insonning ma’naviy kamolotini belgilaydi, - deydi musobaqa tashkilotchisi O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman kengashi apparat rahbari Xusnora Abdullayeva. – Ushbu musobaqa orqali nafaqat yoshlarning o‘zbek badiiy adabiyoti bo‘yicha bilimlari sinab ko‘rildi, balki ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishlari ham bir qadar oshirildi. O‘zbek adiblarining mashhur asarlaridagi lavhalar asosida sahnalashtirilgan namoyishlar o‘quvchilarning iste’dodlarini namoyon qildi.

Nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan bellashuv shartlariga ko‘ra, Oltinko‘l Iqtisodiyot kollejining “Liberallar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa ishtirokchilarining barchasiga O‘zLiDeP Oltinko‘l tuman Kengashi tomonidan badiiy adabiyot namoyondalarining mashhur asarlari estalik sovg‘a sifatida takdim etildi.

Dilmurod Sobirov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat kengashi

Yoshlar qanoti bo‘limi yetakchi konsultanti

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+