O‘zLiDeP deputati o‘z faoliyatini xalqni rozi qilishdan boshladi

17.01.2020, 17:27

O‘zLiDeP deputati o‘z faoliyatini xalqni rozi qilishdan boshladi

14-O‘zbekiston saylov okrugidan Guliston tuman Kengashi deputatligiga saylangan N.Husanov saylovchilar ishonchini qozongan deputatlardan biri. Boisi u avvalgi deputatlik faoliyati davomida ham aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmagan.

Xalq vakili bu galgi deputatlik faoliyatini ham eng avvalo hududdagi mavjud muammolarni o‘rganib, ularga yechim topishdan boshladi. Dastlab “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tingladi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahalla hududidagi o‘ttizdan ortiq yangi qurilgan uylarga elektr simyog‘ochlari o‘rnatilmagan. Xonadon egalari esa  qo‘lbola simyog‘ochlardan foydalanib kelmoqda. Xalq noibi bu masala bo‘yicha tuman hokimligi hamda tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi yuborib, muammoga ijobiy yechim topdi.

Tumandagi “Sohibkor” MFY hududidagi yetmishga yaqin xonadon iste’mol uchun suvni olis manzillardan tashib kelmoqda. Bu muammo yuzasidan mutasaddi idoralar bilan uchrashgan deputat bu masalani ham hal etishga erishdi. Hozirda deputat tashabbusi bilan aholini suv bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

“Baxmal”, “Samarqand” ko‘chalari qishda loy, yozda esa chang. Deputat N.Husanovning sa’y-harakatlari bilan bu ko‘chalarga tosh yotqizilib, tartibga keltirildi. Endi aholi, ayniqsa, maktab o‘quvchilari qishli-qirovli, yog‘ingarchilik kunlarda loyga botib yurmaydi.

Bu hali hammasi emas. Shuningdek, deputat ko‘magida Beshbuloq maishiy kasb-hunar kolleji o‘rnida 29-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi tashkil etildi. Eng muhimi, maktabda o‘quvchilarning puxta bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Dilorom ESONOVA,

               O‘zLiDeP  Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    587
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+