Yosh fermerlarning agrar yo‘nalishdagi bilimlari oshirildi

28.01.2020, 15:29

Yosh fermerlarning agrar yo‘nalishdagi bilimlari oshirildi

Sirdaryoda O‘zLiDeP viloyat Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar itifoqi Mirzaobod tuman Kengashi hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamkorligida yoshlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mirzaobod xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida bo‘lib o‘tgan seminarda fermerlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlar, kollej bitiruvchilari hamda tajribali fermerlar qatnashdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda viloyatda 3117 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 105 tasiga yosh yigit-qizlar rahbarlik qilmoqda.

“Mazkur seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning fermerlik sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat, – deydi Jahongir Rahmatov. – Nega deganda ularni fermerlik faoliyatiga keng jalb qilish, istiqbolli loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, sohaga oid bilim va ko‘nikmasini oshirish – eng muhim vazifamiz sanaladi. Bu kabi seminarlar esa viloyatda yosh fermerlar safini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda yaxshi samara beradi”.  

Seminarda ishtirokchilarga fermer xo‘jaligini boshqarish, uy sharoitida asalari yetishtirish, quyon boqish, intensiv usulda Afrika laqqa balig‘ini ko‘paytirish bo‘yicha ham tushunchalar berildi.

Husan JABBOROV,

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

 Yoshlar bilan  ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    679
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+