O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

19.02.2020, 17:29

O‘zLiDeP deputati tashabbusi bilan  xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi

Andijon shahridagi 40-umumta’lim maktabida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Umidaxon Zokirova tashabbusi bilan ayollar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmushni keng targ‘ib qilish, sportning barcha turlarini ommalashtirish maqsadida “Sport bilan sog‘lom turmush sari!” mavzusida o‘tkazilgan musobaqada pedagog va yuqori sinf o‘quvchi qizlaridan shakllantirilgan jamoalar arqon tortish, stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

–Mana shunday musobaqalar kerak ekanligini bugun yanada chukurroq his qildik, – deydi Dildora Botirova. – Ta’lim-tarbiya berish bilan bir vaqtda ko‘ngilochar tadbirlarning tashkillashtirilishi charchoqlarimizni yozib yuborishga xizmat qildi. Ochig‘i, ishdan uyga shoshamiz, uydan ishga yuguramiz. Dam olishga, sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratish mushkul. Endi bunday sport musobaqlarini har oyda o‘tkazishga kelishib oldik.

–Musobaqa bahona deputat bilan yaqindan tanishdik, – deydi 11-sinf o‘quvchisi Gulbahor G‘aniyeva. –Ular bizning kelajak orzularimiz, maqsadlarimiz bilan qiziqdilar. Ezgu tashabbuslarimiz, ilg‘or g‘oyalarimizda bizga doimo suyanch ekanligini ta’kidladilar.

Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga hamda faol ishtirok etgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga deputatning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+