Partiyalararo raqobat kuchayishi uchun parlament faoliyatida fraksiyalar yetakchilik qilishi lozim

04.01.2018, 19:07

Partiyalararo raqobat kuchayishi uchun parlament faoliyatida fraksiyalar yetakchilik qilishi lozim

Bu - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va parlamentdagi partiya Fraksiyasi qo‘shma yig‘ilishining asosiy xulosalaridan biridir.

Oldin xabar berganimizdek, bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatidan kelib chiqib partiya oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Murojaatda ilgari surilgan g‘oyalar, takliflar va tashabbuslarni hayotga tadbiq etishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ishtiroki, xususan, O‘zLiDeP tuzilmalari faolligini oshirish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi. Muhokama qilingan masalalardan biri partiyalararo raqobat muammolariga taqaldi.

- Mamlakatimiz rahbari tomonidan Murojaatda ko‘tarilgan og‘riqli muammolardan biri bu partiyalararo raqobat, aniqrog‘i uning yo‘qligi masalasi bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi, - dedi o‘z so‘zida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi v.b. Baxtiyor Yakubov. - Ma’lumki, har qanday demokratik jamiyat ko‘ppartiyaviylik tamoyillariga asoslagan holda taqaraqqiy etadi. O‘z navbatida real ko‘ppartiyaviylikni siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobatsiz tasavvur qilish qiyin. Qonun ustuvorligiga asoslangan xuquqiy davlatlarda partiyalar o‘rtasidagi tortishuv, raqobat muhiti eng avvalo qonunlar, dasturiy xujjatlarni qabul qilish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘zbekiston ham aynan shunday ko‘ppartiyaviylikka asoslangan demokratik rivojlanish yo‘lidan borayotgan davlatlar sirasiga kiradi. Bularning barchasi oddiy haqiqatlar, shunday emasmi?

Ming afsuski na qonunlar muhokamasida, va hatto budjet loyihasi ko‘rib chiqilayotganda bunday tortishuvlar umuman kuzatilayotgani yo‘q. Buning sababi bitta – parlament quyi palatasi faoliyatida qo‘mitalar hamda parlamentning boshqa tuzilmalarining asosiy rol o‘ynayotganligi. Vaholanki nafaqat ushbu jarayonlarda, kerak bo‘lsa Qonunchilik palatasining faoliyat yo‘nalishlarini belgilashda ham siyosiy partiyalar fraksiyalari yetakchi rolni o‘ynashlari lozim.

Chunki, parlamentga saylovlarda siyosiy partiyalar o‘z g‘oyalari, jamiyat rivojiga oid boshqalardan farq qiluvchi dasturlari bilan ishtirok qilishadi. Saylovchilar, ya’ni aholimiz aynan shu dasturlarga qarab ma’lum partiya nomzodlariga ovoz beradi va ulardan natija kutadi.  Demak, aynan siyosiy partiya fraksiyalari, ularning fikri parlamentda hal qiluvchi rol o‘ynashi lozim. Bu narsa bo‘lmas ekan, partiyalararo raqobatni kuchaytirish og‘riqli masala bo‘lib qolaveradi. Parlamentarizm bo‘yicha uzoq tarixga ega bo‘lgan davlatlar amaliyoti aynan shundan dalolat beradi.

Partiyalararo raqobatning kuchayishi Murojaatda ko‘tarilgan bir qator boshqa masalalarning ham hal bo‘lishiga, xususan, qabul qilinayotgan qonunlar sifatining keskin oshishiga, fraksiya a’zolari  bo‘lgan deputatlar tomonidan qonun tashabbuslarining ortib borishiga ham olib kelgan bo‘lar edi. 

Ushbu yo‘nalishda qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni davrning o‘zi talab qilmoqda va O‘zLiDeP albatta bu borada o‘z takliflarini kiritadi, - dedi, - B. Yakubov o‘z chiqishida.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1870
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+