Nukus shahrida 2018-2019 yillarda 170 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1700 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi

05.01.2018, 17:27

Nukus shahrida 2018-2019 yillarda 170 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 1700 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi

Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda dastavval Nukus shahrida sanoat, xizmat ko‘rsatish, servis va qishloq xo‘jaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy dasturda belgilangan loyihalar ijrosi bo‘yicha shahar moliya bo‘limi mas’ul xodimi S.Salilayevning axboroti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Nukus shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq 2017 yilda qiymati 299,4 mlrd.so‘m, 6,5 mln AKSh dollari (shundan 81,4 mlrd.so‘m o‘z mablag‘i, 218,0 mlrd.so‘m tijorot banklar krediti, 6,5 mln AQSh dollari xorijiy investitsiyalar) o‘zlashtirish hisobidan 178 ta loyiha amalga oshirilgan va 1766 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan.

Tadbirda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq 2018-2019 yillarda qiymati 105,0 mln AQSh dollari miqdorida (shundan 37,2 mln AQSh dollari o‘z mablag‘i, 57,2 mln AQSh dollari tijorat banklar krediti, 10,5 mln AQSh dollari xorijiy investitsiyalar) o‘zlashtirish hisobidan 170 ta loyihani amalga oshirish va 1712 ta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish belgilanganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, Nukus shahar tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yagona darcha” markazida 2017 yilda davlat ro‘yhatidan o‘tgan korxonlar va yakka tadbirkorlar bo‘yicha markaz direktori A.Ixlasovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda yuridik shaxs sifatidan bugungi kunga kelib 548, qayta ro‘yhatdan 596 jami 1144 korxona davlat ro‘yhatiga olinganligi ta’kidlab o‘tildi.

Davlat ro‘yhatidan o‘tgan jismoniy shaxslar soni 1358 tani, qayta ro‘yhatdan 593, yakka tadbirkor jami 1951 fuqaro ro‘yhatdan o‘tkazildi. Nukus shahridan ro‘yhatdan o‘tgan chet yel qo‘shma korxonalari soni 12 tani, chet eldan tovar olib keluvchi 10 ta  va qayta ro‘yhatdan 4 ta yakka tadbirkorlik sub’ekti ro‘yhatga kiritilgan.

2017 yil davomida 1211 ta yakka tadbirkor o‘z faolitini vaqtincha to‘qtatdi, 447 tasi o‘z ishini qayta yo‘lga qo‘ydi.

2017 yil yakunlari bo‘yicha Nukus shahar “Yagona darcha” markaziga tadbirkorlik sub’ektleridan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 2797 murojaat kelib tushdi va ularning ijrosi ta’minlandi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik guruhi vakillari muhokama qilingan mazkur masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va tegishli vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2621
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Arislan2019-07-30 00:00:47

Usi jumislardi tv da jarayalan ya internette


Fikringizni qoldiring

+