Seminar-trening xulosalari: OAV fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshirishning muhim omili

08.01.2018, 19:27

Seminar-trening xulosalari: OAV fuqarolarning huquqiy savodxonligi oshirishning muhim omili

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi o‘zbek xalqini, ayniqsa, partiya xodimlarini yanada tashabbusga chorladi. Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch shahrida “Fuqarolarning huquqiy savodxonligi: OAV resurslaridan foydalanish” mavzusida Xorazm viloyati va tuman gazetalari muharrirlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari, O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Unda O‘zDJTU dotsenti Nargis Qosimova, “Nuroniy” gazetasining bosh muharriri, yu.f.n. Olim O‘sarovlar mamlakatimizda qonun ustuvorligini va sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha milliy qonunchiligimizning mazmun-mohiyatini muhokama etdilar.

Seminar-treningda ishtirokchilar “Tahririyatga fuqaro murojaat qildi” mavzusida kichik guruhlarda ishlab, mavjud muammoli vaziyatlarga muharrirlar qanday yechim topa oladi va ushbu jarayonni OAVlarda qanday yoritish kerakligi borasida aqliy hujum metodikasini o‘tkazdilar.  Bahs-munozara va o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylangan seminar-trening yakunida joylarda sud hokimiyati, NNT va OAVning jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalari yuzasidan hamkorlikda media-rejalar ishlab chiqildi.

Shu kabi amaliy seminarlarning ko‘plab o‘tkazilishi jurnalistlarning ishini yanada yaxshilashga, sud-huquq tizimini yoritishda muharrirlarning mavjud muammo va kamchiliklariga barham berishga va ko‘plab yangi ma’lumotlarni o‘zlashtiriga juda katta yordam beradi.

Nilufar Djabbarova

O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+